Qaratqich kelishigi. QК uch xil qo‘llanadi: kitobning varag‘i, mening uyim, qoshin qarosi. QК ko‘rsatkichini olgan so‘z – qaratqich, u bog‘langan so‘z – qaralmish. Qaratqich-qaralmish munosabati ancha barqaror bo‘lib, bu QК ko‘rsatkichining so‘z birikmasidagi o‘rni ancha barqarorligi bilan belgilanadi.
QК shuning uchun, shuning singari kabi birikuvlarda so‘z birikmasi hosil qilmaydi, balki so‘zning ajralmas qismiga aylanadi.
QКni olgan so‘z EКni olgan so‘z bilan birga qo‘llanadi. Bunday qurilishli so‘z birikmalari – QКdagi ism + EКdagi ism so‘z birikmasi umumiy qolipining voqelanishi.
QКning keltirilgan uch xil ko‘rinishi nutq ko‘rinishi, bog‘lanuvchi so‘zlarning lug‘aviy ma’nosiga bog‘liq ravishda yuzaga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |