Onomastik lug‘at o‘zbek leksikografiyasining alohida sohasiga aylandi. Bunday lug‘atda atoqli ot (onomosionim), toponim yoki antroponim izohlanadi va ular etimologik lug‘atning o‘ziga xos ko‘rinishi. Bunga T.Nafasov tomonidan tuzilgan «Janubiy O‘zbekiston toponimlarining izohli lug‘ati»ni, S.Qorayevning «Joy nomlarining izohli lug‘ati»ni misol qilib keltirish mumkin.
Dialektal lug‘at o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan leksik birliklarni qayd qiladi. Bunday lug‘at, umuman, o‘zbek tilining barcha shevalariga xos yoki ma’lum bir sheva so‘zini izohlashga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 1971-yilda mualliflar jamoasi tomonidan «Fan» nashriyotida chop etilgan «O‘zbek xalq shevalari lug‘ati»ni bunga misol qilib keltirish mumkin. Lug‘atdan misol keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |