O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet113/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Yoz1-yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. Laylak keldi-yoz bo‘ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas.
2-ko‘chma umrning eng gullagan yaxshi davri. Yozim o‘tdi, chiroyingizga to‘q bu quvnoq ko‘ngil. G‘ayratiy.
Кo‘ngli yoz bo‘ldi. Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. Negadir otashin ko‘ngli yoz bo‘lib ketdi. O‘.Umarbekov. Charos.
Umumiy izohli lug‘atda lug‘aviy birlikning barcha – grammatik, uslubiy, frazeologik birlik tarkibida qatnashishi, omonimligi, qaysi tildan o‘zlashganlik belgilari ko‘rsatiladi.
O‘zbek tilining bu turdagi lug‘ati birinchi marta 1981-yilda Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografik an’analarning davomi sifatida o‘tgan asrning 50–80-yillari mobaynida o‘zbek tilshunosligida erishilgan va o‘zbek leksikografiyasini tilshunos-likning tez rivojlanib borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyati tufayli yuzaga kelgan» (1-tom, 5-bet). «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» o‘zbek xalqi tarixi va ma’naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo‘ldi. «Lug‘atning asosiy vazifasi o‘zbek tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash bilan birga, uning me’yorini belgilab berish va mustahkamlashdan ham iboratki, unda tilning imlo, talaffuz, so‘z yasash va ishlatish me’yorlari tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet).
Demak, o‘zbek tilining ilk izohli lug‘ati o‘z oldiga qo‘yilgan o‘zbek tilining so‘z boyligini to‘plash va tavsiflash hamda uning me’yorini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq tilshunoslik fanining rivoji, o‘rganish manbaiga yondashuv omillari va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan bosqichida ijtimoiy fanlarga qo‘yiladigan yangicha talablarning yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo‘lgan tilning ilmiy talqinida ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keladi .
Leksemalarning lug‘aviy ma’nosi talqinida lison va nutqni izchil farqlash talabi har bir so‘zga xos barqaror lisoniy va o‘tkinchi nutqiy jihatni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisa cheksizlik va rang-baranglik tabiatiga ega bo‘lganligi bois leksikografik talqinning obyekti bo‘la olmaydi. Lug‘at so‘zga xos barqaror jihatnigina qamrab olish imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan izchil substansial tadqiqotlar lug‘atni tartiblashtirishda muhim tayanch omil bo‘lib, leksikografni cheksiz nutqiy ma’nolarni tartibga keltirish, lug‘atga kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos etadi. Bunda har bir voqelangan nutqiy lug‘aviy ma’noda qorishgan o‘zga hodisalar tajallilarini e’tibordan soqit qilish, ushbu birlik (leksema)ning mohiyatiga daxldor bo‘lgan unsurni ajratish va tavsiflash leksikografik talqinda muhim ahamiyatga ega.
Imlo lug‘ati so‘zlarni amaldagi imlo qoidalariga muvofiq ravishda qanday yozish kerakligini o‘rgatadi. Demak, bunday lug‘at hammabop va amaliy tabiatga ega bo‘ladi va unga S.Ibrohimov va M.Rahmonovlarning 1956, 1964-yillarda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan nashr etilgan, S.Ibrohimov, E.Begmatov va A.Ahmedovlarning 1976-yilda «Fan» nashriyoti tomonidan chop etilgan kirill yozuviga doir imlo lug‘atlarini kiritish mumkin.
1995-yilda Sh. Rahmatullayev va A.Hojiyev tuzgan lotin imlosidagi imlo lug‘ati «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etildi.
Orfoepik lug‘atda so‘zning to‘g‘ri adabiy talaffuzi ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at birinchi marta kichik hajmda M.Sodiqova va O‘.Usmonova tomonidan «O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati» nomi bilan 1977-yilda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan bosib chiqarildi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish