Maxsus filologik lug‘at tor o‘quvchilar ommasi – tilshunoslik bilan shug‘ullanuvchilar va boshqa ilmiy tadqiqotchilarga mo‘ljallangan bo‘ladi. O‘zbek tilining morfem, chastotali, ters, o‘zlashma so‘zlar, frazeologizm, sinonimlar, antonimlar, omonimlar, dialektizm, terminologik, etimologik lug‘atlar shular jumlasidan.
Morfem lug‘atda leksik birlikning tarkibi – morfemik strukturasi ko‘rsatiladi. Bunday lug‘at birinchi marta A.G‘ulomov, A.N.Tixonov, R.Q.Qo‘ng‘urov tomonidan tuzilib, 1977-yilda «O‘qituvchi» nashriyoti tomonidan chop etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |