O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet100/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Кasb-hunar terminlari turli kasb-hunar egalari nutqida qo‘llanuvchi leksemalar. Кasb-hunar atamalari shu hunar egasi qaysi sheva vakili bo‘lsa, shu sheva leksikasi tarkibiga kiradi. Masalan, Shahrisabz shevasiga mansub hunarmand ishlatadigan atama Buxoro shevasida bo‘lmasligi mumkin. Shuning uchun kasb-hunar leksemasi ikki hissa chegaralangan leksikani tashkil etadi. Bu leksika, birinchidan, ma’lum bir sheva doirasida bo‘lsa, ikkinchidan, shu shevada so‘zlashuvchi ayrim kishilar nutqiga xos.
Ilmiy terminlar ko‘p holda tarjimasiz bo‘lganligi tufayli dunyo fanini bir butunlik sifatida ushlab turadi. Masalan, fonetika, morfologiya, sintaksis kabi termin dunyo tilshunosligi uchun umumiy.
Turli soha termini o‘xshash bo‘lishi mumkin. Masalan, morfologiya atamasi tilshunoslikda ham, zoologiyada ham ishlatiladi. Ularni omonim leksemalar sifatida qarash maqsadga muvofiq.
Termin ma’lum bir tilga xos yoki baynalmilal bo‘lishi mumkin. Masalan, tilshunosligimizdagi gap kengaytiruvchisi, gap markazi atamalari faqat o‘zbek tiliga xos, atom, vodorod, natriy, leksema, semema atamalari baynalmilal. Baynalmilal atamani tarjima qilishga, ularga muqobil variant qidirishga urinish ma’qul emas.
Jargon ham qo‘llanishi chegaralangan leksika tarkibiga kiradi (frans. jargon). Кasbi, jamiyatdagi o‘rni, qiziqishi, yoshiga ko‘ra alohida sotsial guruhni tashkil etgan kishilarning, asosan, og‘zaki nutqida ishlatiladigan va ma’nosini boshqalar ko‘p hollarda anglab yetavermaydigan birliklar jargon deyiladi. Masalan, programmistlar jargoni, talabalar jargoni, mahbubslar jargoni, o‘g‘rilar jargoni, artistlar jargoni va h.
Jargon umumxalq tilidan maxsus leksikasi va frazeologiyasi hamda yasovchi vositalarining o‘ziga xos tarzda qo‘llanishi bilan farqlanadi:

  1. talabalar jargoni: yopmoq (sessiyani tugatmoq), воздух (stipendiya), yaxlamoq (imtihondan qaytmoq), quloq (chaqimchi), chizmoq (qochmoq);

  2. yoshlar jargoni: g‘isht (xunuk), sindirmoq (lol qilmoq), крутой (ketvorgan), рисовка (ko‘z-ko‘z qilmoq), uxlatmoq (aldamoq), стрелка (uchrashuv), tashlashmoq (tortishmoq), baks (dollar), muzlatmoq (harakatdan to‘xtatmoq);

  3. harbiy xizmatchilar jargoni: dux (yangi kelgan askar), salyaga (bir-ikki oy xizmat qilgan askar), fazan (xizmatning yarmini o‘tagan askar) ded (xizmatdan qaytishi yaqinlashgan askar), diskoteka (oshxona naryadi).

Jargonlar tarkibi boshqa tildan olingan o‘zlashma birlik bilan boyib boradi. Tez-tez yangilari bilan almashib turadi.
Ayrim soha vakillari va soha guruhlari nutqiy tejamkorlik, qulaylik uchun ham jargon qo‘llaydi.
Jargonning kelib chiqishi, qo‘llanilishi, turi kabi masalalar sotsiolingvistikaning o‘rganish manbai.
Argo (fransuz. argot) ayrim professional yoki sotsial guruhning o‘ziga xos tili. Argo bir necha til unsurlaridan iborat qorishiq va ko‘p hollarda, boshqalarga tushunarsiz nutq turida namoyon bo‘ladi. Argo nutqda kommunikatsiya predmetini sir tutish maqsadida qo‘llanadi: 1) o‘g‘rilar nutqida: mandarin (tilla), akula (panjarani kesish uchun moslama), kalamush (o‘z yaqinlarinikiga «tushadigan»), urkagan (tajribali o‘g‘ri); mahbuslar nutqida: maymun (oyna), shobla (qalloblar guruhi), bashli (pul) krokodil (qaychi), lebed (geroin), ment (militsioner), xafa qilmoq (zo‘rlamoq), pushka (pistolet). Argotizmlar turli koloniya, turma, guruh va hududlarda farqlanadi.
Argo ham jargon kabi so‘zlashuv nutqida va badiiy adabiyotda sotsial-ramziy vazifa bajarish uchun ishlatiladi.
O‘zbek tilshunosligida jargon va argo ilmiy tadqiq qilinmagan.
36-§. Ifodaviylik jihatdan o‘zbek tili leksikasi. Til nafaqat axborot uzatish vazifasini, balki shu bilan birgalikda, axborot uzatuvchining axborotga hissiy munosabatini ham ifodalaydi. Lisoniy tizimda bu hissiy munosabatni tashuvchi turli vosita mavjud. Ulardan biri leksemadir. Ana shu jihatidan o‘zbek tili leksemalari bo‘yoqsiz va bo‘yoqdor qatlamga bo‘linadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish