37-§. Uslubiy xoslanganlik jihatidan o‘zbek tili leksikasi. Leksema nutq uslubiga munosabatiga ko‘ra uslubiy betaraf va uslubiy xoslangan turlarga ajraladi.
Uslubiy betaraf leksika. Uslubiy betaraf leksema barcha uslublarda birdek va bab-baravar ishlatilaveradi va uning ifoda semalarida uslubga munosabat «uslubiy betaraf» deb beriladi: kel, bor, o‘t, ket, kitob, qalam, stol, mashina, oq, qora, tez, sovuq, faqat, lekin va h. Lekin nutqda ko‘chma ma’noda ishlatilganda, bu ma’nosi bilan ayrim uslubga xoslanib qoladi. Masalan, sovuq leksemasi «xunuk» ma’nosida (sovuq rangli) faqat so‘zlashuv yoki badiiy uslubga xos.
Do'stlaringiz bilan baham: |