O‘zbeкiston respubliкasi



Download 0,83 Mb.
bet90/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

1. Darcha – ilgari vaqtlarda deraza vazifasini o‘tagan bir yoki qo‘sh tavaqali, eshik yoki devorga o‘rnatilgan kichkina eshikcha (O‘TIL, I, 212.)
2. Eshik – uy, xona, bino yoki hovlining kiraverishida o‘rnatilgan ochib-yopib turiladigan moslama (O‘TIL, II, 457).
3. Darvoza – hovli, qo‘rg‘on, qal’a, zavod va shu kabilarga kiriladigan, ochib-yopiladigan katta eshik, qopqa (O‘TIL, I, 209).
Ajratilgan so‘zlar miqdoriy ko‘rsatkichlarni ifodalovchi leksemalardir. Bu darcha leksemasi izohidagi kichkina va eshikcha so‘zlari, darvoza leksemasi izohidagi katta so‘zi.
Boshqa bir leksema qatorini olamiz: gulobi – pushti – qizg‘ish – qizil – ol – qirmizi.
Bu leksemalar qayd etilgan lug‘atda quyidagicha izohlangan:
1.Gulobi'> Gulobigulob rangli, pushti (O‘TIL, I, 197).
2. Pushtishaftoli guli rangidagi, och qizil (O‘TIL, II, 608).
3. Qizg‘ish – qizilga moyil, qizilga yaqin rangdagi, qizg‘imtir (O‘TIL, II, 573)
4. Qizil – qon rangidagi, qirmizi, olvali (O‘TIL, II, 570).
5. Ol – qizil, qirmizi (O‘TIL, II, 529).
6. Qirmizi – qizil rangli, qizil, ol (O‘TIL, II,581).
Bu tavsif, albatta, mukammal emas. Chunki ular o‘zining graduonimik tizimidan uzib tavsiflangan. Agar ular bir sistema a’zolari sifatida tahlil etilsa, quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishar edi:
1. Gulobi – gulob rangli, oqdan qizillikka, pushtiga moyil bo‘yoqli rang.
2. Pushti – shaftoli guli rangidagi, och qizil, gulobidan to‘qroq.
3. Qizg‘ish – pushtidan to‘qroq, qizildan ochroq, qizg‘imtir rang.
4. Qizil – qon rang.
5. Ol – qizildan to‘qroq rang.
6. Qirmizi – to‘q qizil rang.
Bu leksemalar denotativ ma’nolaridagi rangning miqdoriy semasi asosida quyidagicha darajalanadi:
«qizillik»

-3 -2 -1 0 1 2
gulobi pushti qizg‘ish qizil ol qirmizi

Demak, lug‘aviy graduonimik qatorni ajratish uchun ma’noviy omil o‘zaro yaqin tushunchani ifodalovchilar sirasidagi har bir leksemada ma’lum bir belgining turlicha darajalanishiga ishora mavjudligida namoyon bo‘ladi. Shu asosda ma’noviy omilning o‘zi ikki turga bo‘linadi:
1) bir-biriga yaqin va o‘xshash tushunchani ifodalashi;
2) ayni bir belgining turli xil miqdoriga ishora qilishi.
Graduonimik qator lug‘aviy paradigmaga qo‘yiladigan quyidagi talabning barchasiga javob berdi:
1) lug‘aviy paradigmaning bitta yetakchi leksema (dominanta) atrofida birlashishi;
2) lug‘aviy paradigmaning ochiqligi;
3) lug‘aviy paradigmaning boshqa kattaroq paradigma tarkibiga yetakchi leksema bilangina kirishi;
4) lug‘aviy paradigmadagi qurshov leksemaning dominant leksema bilan osonlikcha almashtirila olishi.
Demak, leksemalararo lisoniy munosabat sanaluvchi graduonimiya hodisasi bir necha leksemaning ma’lum bir belgining oz-ko‘pligiga qarab, lug‘aviy ma’noviy qatorda, tizimda namoyon bo‘lishi bo‘lib, bunda dominanta va qurshov leksema farqlanadi.
Lug‘aviy graduonimik qatorda dialektikaning eng umumiy qonunlari mavjud:
a) graduonimik qatorda belgining darajalanib, oshib yoki kengayib borishida miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishi qonuni tajallilanadi;
b) graduonimik zanjirning ikki chekka uchi ma’lum bir belgining tasdig‘i bilan birga, bir-birini inkor etishida inkorni inkor qonuni namoyon bo‘ladi;
d) bir-birini inkor etuvchi (antonimik munosabatda turgan) leksemalarning bir yetakchi leksema (dominanta) atrofida birlashib, bir lug‘aviy ma’noviy qatorni – paradigmani, butunlikni tashkil etishda qarama-qarshilik birligi va kurashi qonuni voqelanadi.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish