Soddalashgan leksema yasama so‘zlar lisoniylashuvining yanada yuqoriroq bosqichi. Soddalashish bu ma’lum bir so‘z yasash qolipining hosilasida o‘zak va qo‘shimchaning o‘zaro birikib ajralmas holga kelishi, so‘zshakldagi grammatik vositaning qotib qolishi natijasida yangi ma’no ifodalashidir. O‘zbek tilidagi oldin, keyin, tashqari, ichkari, yuqori kabi yuzlab so‘z soddalashgan yasama so‘z – leksema. So‘z birikmalarining sintaktik qolipdan uzilish holati sifatida boshning og‘rigi – boshog‘riq, belning bog‘i – belbog‘ misollarini ko‘rsatish mumkin.
Tublashgan leksema shunday leksemalashgan yasama so‘zki, ularning yasalishini, tarkibini etimologik ma’lumotsiz aniqlab bo‘lmaydi. Masalan, sin fe’lining o‘zagi si, tingla fe’lining o‘zagi ding, to‘q so‘zi o‘zagining to‘ ekanligini til tarixi bo‘yicha chuqur ma’lumotga ega bo‘lmasdan bilib bo‘lmaydi.
Demak, ma’lum bo‘ladiki, tilda leksema yasash hodisasi yo‘q. Balki yasama so‘zning, nutqiy hosilaning lisoniylashuvi, leksemalashuvi mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |