[otatoqli → otturdosh = otdan anglashilgan pred./shaxsga tegishli narsa]
umumiyligini topgandek bo‘lamiz. Biroq mening kitobim, uning ruchkasi, bizning uyimiz, qizilning qizili, yashashning zavqi nutqiy birikmasini oldingi so‘z birikmalari bilan qiyoslash natijasida ularning farqli ekanligiga, qolipga solib ko‘rish natijasida unga joylashmayotganligiga amin bo‘lamiz. Zero, LSQning birinchi uzvi ot turkumiga mansub so‘z bo‘lishi kerak edi. Misollarda esa tobe uzvlar – olmosh. Shuningdek, LSQning ikkinchi uzvidagi egalik kategoriyasi III shaxs qo‘shimchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Yuqorida qoliplarning umumiylik tabiatiga ega ekanligini, unda nutqiy hosilalarning umumiy, bir xil belgilari o‘rin olishini ta’kidlagan edik. Shuning uchun nutqiy hosilalardan farqlarni fikran chetlashtirib, umumiy belgilarni saqlab qolamiz. Кeltirilgan birinchi (tobe) a’zolardagi umumiylik va farqlarni quyidagicha beramiz (28-jadval):
28-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |