O‘zbeкiston respubliкasi


Grammatik ma’no (GM) turlari. Umumiy grammatik ma’no (UGM), oraliq grammatik ma’no (OGM), xususiy grammatik ma’no (XGM) haqida



Download 0,83 Mb.
bet141/403
Sana18.02.2022
Hajmi0,83 Mb.
#453705
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   403
Bog'liq
HO\'AT. 2010. R.Sayfullayeva..

Grammatik ma’no (GM) turlari. Umumiy grammatik ma’no (UGM), oraliq grammatik ma’no (OGM), xususiy grammatik ma’no (XGM) haqida. Grammatik shaklning fahmiy his qilinadigan alohida ma’nosi xususiy grammatik ma’no (qisq. XGM) deyiladi. Masalan, egalik qo‘shimchalari umuman «keyingi so‘zni oldingi so‘zga bog‘lash» mohiyatiga ega. Bu umumiy grammatik ma’no (qisq.UGM) bo‘lib, u nutqiy birlik bo‘lgan Halimning kitobi birikuvida «kitob so‘zini Halim so‘ziga bog‘lash», daftarning varag‘i birikuvida esa «varaq so‘zini daftar so‘ziga bog‘lash» tarzida xususiylashgan. Bu – XGM.
UGM lisoniy tabiatli bo‘lib, lisoniy birliklarga xos barcha belgiga, XGM esa nutqiy ma’no bo‘lganligi uchun nutqiy birliklarga xos belgiga ega. UGM umumiy, mavhum, zaruriy, barqaror, invariant, uzual, ijtimoiy bo‘lsa, XGM bu belgilarning aksi bo‘lgan xususiylik, aniq, tasodifiy, beqaror, okkazional, individual kabi belgiga ega.
UGM va XGM xususiyatini idrok etish uchun barcha borliq hodisalarida umumiy yashash qonuniyati bo‘lgan umumiylik va xususiylik tushunchalari munosabatini yaxshi bilish lozim.
Nutqiy birlikda turli lisoniy umumiyliklarning belgilari mujassamlanganligi, qorishganligi kabi, XGMlar ham o‘zi mansub UGM zarralari bilan birgalikda boshqa lisoniy birliklarning zarralarini ham o‘zida birlashtirgan. Masalan, egalik qo‘shimchasining «kitob so‘zini Halim so‘ziga bog‘lash» XGMsida «keyingi so‘zni oldingi so‘zga bog‘lash» UGMsi ko‘rinishi bilan birgalikda «qarashlilik» ma’nosi, shuningdek, Halim va kitob leksemalarining (umumiyliklari) zarralari qorishgan holda yuzaga chiqqan.
Grammatik ma’no so‘zning grammatik shakli bilan va undan xoli holdagi holatidan, ya’ni o‘zak-negizidan anglashilganligi kabi UGM va XGMlar ham ikki xil tabiatli. Masalan, «predmetlik» ot turkumining, «jarayonlilik» fe’l turkumining, «belgi» sifat turkumining grammatik shaklsiz ifodalanadigan UGMsi. Bu Halimning kitobidir gapidagi kitob so‘zining «Halimga tegishli o‘qish uchun mo‘ljallangan predmetni ifodalovchi turdosh ot» ma’nosi bu so‘zning grammatik shaklsiz ifodalanadigan XGMsi.
UGM va XGM grammatik shaklda o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Har bir grammatik kategoriyaning ma’nosi – uning shakllarining ma’nosiga nisbatan UGM. Masalan, barcha kelishik shakllari uchun umumiy bo‘lgan «oldingi mustaqil so‘zni keyingi mustaqil so‘zga bog‘lash» ma’nosi – kelishik kategoriyasining UGMsi. Bu kategorial umumiylik alohida shakllarning ma’nosiga nisbatan belgilanadi. Boshqacha aytganda, kelishik kategoriyasining yuqorida aytilgan UGMsi uning tarkibiga kiruvchi 6 ta kelishik shaklining ma’nosidan sintezlanadi, ya’ni keltirib chiqariladi.
Har bir kelishik shaklining ma’nosi undan quyidagi ma’noga nisbatan UGM. Masalan, qaratqich kelishigining UGMsi – «oldingi ism turkumiga kiruvchi so‘zni keyingi ism turkumiga kiruvchi so‘zga bog‘lash». UGM har doim ham quyi ma’noga nisbatan olinadi. Masalan, kelishik kategoriyasi UGMsi quyidagi kelishiklarning ma’nosiga nisbatan olinsa, har bir kelishikning UGMsi undan quyidagi bu kelishik UGMsining «parchalari»ga nisbatan belgilanadi. Chunki har bir kelishikning ma’nosiga nisbatan UGM termini qo‘llanilmaydi. Кategoriya va shakl ma’nosi hamda uning xususiy ko‘rinishi haqida bahs ketganda ularni qanday baholash muammosi ham bor. Bunda dialektikaning umumiylik-maxsuslik-alohidalik kategoriyasiga metodologiya sifatida tayanish lozim bo‘ladi. Tilshunoslikda grammatik ma’noga nisbatan bu umumiy grammatik ma’no – oraliq grammatik ma’no (qisq. OGM) – xususiy grammatik ma’no tarzida tatbiq etilgan. Misol sifatida tushum kelishigi shakli ma’nosini olaylik. Кelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‘zni keyingi mustaqil so‘zga bog‘lash», tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» va tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‘lmish kitobni o‘qimoq birikuvida voqelangan «kitob so‘zini o‘qimoq so‘ziga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» nutqiy ma’nosi yaxlitlikda olinganda, UGM-OGM-XGM munosabatida. Кelishik kategoriyasining «oldingi mustaqil so‘zni keyingi mustaqil so‘zga bog‘lash» ma’nosi tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» ma’nosiga nisbatan UGM maqomida, tushum kelishigining muayyan nutq parchasi bo‘lgan kitobni o‘qimoq birikuvida voqelangan «kitob so‘zini o‘qimoq so‘ziga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» nutqiy ma’nosi XGM. Tushum kelishigining «oldingi ismni keyingi fe’lga vositasiz to‘ldiruvchi sifatida bog‘lash» ma’nosi esa UGM va XGM orasida turganligi hamda ularni bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lganligi uchun OGM maqomida. OGMning mavqei nisbiy. Masalan, kelishik kategoriyasining UGMsi e’tibordan soqit qilinsa va fikr faqat tushum kelishigi va uning quyi ma’nolari haqida ketsa, mazkur OGM UGM sifatida qaraladi. Tushum kelishigining zikr etilgan XGMsi e’tibordan soqit qilinib, so‘z kelishik kategoriyasi va tushum kelishigi munosabati xususida ketsa, bunda OGM ushbu UGMga nisbatan XGM sifatida qaralishi ham mumkin.
Demak, borliq hodisalari umumiylik – maxsuslik – xususiylik (alohidalik) munosabatida bo‘lganligi kabi grammatik ma’no ham «umumiy grammatik ma’no – oraliq grammatik ma’no – xususiy grammatik ma’no» ko‘rinishiga ega.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   403




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish