M
RE E
0 tE
U3 U2
U1
N
24 Umumiy vaqt,
soat-kun
16.6-rasm. Naflik funktsiyasini maksimallashtirish
Rasmdan ko‘rish mumkinki, masalaning echimi muvozanat nuqta E orqali
aniqlash mumkin. Naflik funktsiyasining befarqlik chizig‘i U 2 byudjet chizig‘ini E
nuqtada kesib o‘tadi. Optimal echimga ko‘ra, dam olish vaqti t E
soatga teng, ish
vaqti
TE 24 tE . Ishchining bir soatlik ish haqi W so‘mga teng bo‘lsa, uning
umumiy daromadi quyidagicha topiladi:
R W (24 tE )
(8).
U holda byudjet chizig‘i yotiqligi
tg W
ish haqiga teng bo‘ladi.
tg
R W
24 tE
(9).
Ishchi naflik funktsiyasini maksimallashtiradi, agar bo‘sh vaqt bilan daromadni
chekli almashtirish normasi
MRStR
ish haqi W ga teng bo‘lsa,
MRStR W . Faraz
qilaylik, ish haqi stavkasi W0
holatga siljiydi (16.7-rasm).
W M1
R1
M R0
R2
dan W1
ga oshdi. Byudjet chizig‘i NM holatidan
NM 1
16.7-rasm. O‘rnini bosish samarasi va daromad samarasi, 0t0, 0t1, 0t2 lar bo‘sh vaqt, t0N, t1N va t1N lar ish vaqti
Agar biz
M 1 N
budjet chizig‘iga parallel bo‘lgan va U 1
befarqlik chizig‘i
bilan kesishadigan AB byudjet chizig‘ini o‘tkazsak, daromad va o‘rnini bosish samarasini aniqlashimiz mumkin.
O‘rnini bosish samarasi bo‘sh vaqtni qisqarishi va ish vaqtining ortishi natijasida daromadning o‘sishi bilan ifodalanadi, ya’ni, ma`lum miqdordagi bo‘sh
vaqt ish vaqti bilan almashtiriladi. 16.7-rasmda bu t2
dan t0
ga siljishini ifodalaydi,
ya’ni, ish vaqti
T1 24 t2
dan
T2 24 t0
gacha oshadi. Lekin, daromadning
ortishi bilan birga dam olishning - shaxsning ma`naviy o‘sishi uchun kerak bo‘ladigan bo‘sh vaqtning ham qimmati oshadi. Daromad samarasi (bo‘sh vaqtning
ortishi) teskari yo‘nalishda bo‘lib, u
t0t1
oraliq bilan ifodalanadi t0
t1 . Natijaviy
o‘zgarish
t1t 2
oraliqqa teng.
Ish haqining bunday o‘sishida o‘rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo‘ladi. Bundan shu kelib chiqadiki, birinchidan, ish haqining o‘sishi, ish vaqtini ortishiga olib keladi; ikkinchidan, individual shaxsning mehnat taklifi musbat yotiqlikka ega (16.8-rasm).
W, so’m/soat
W2 W1
24-t2
t1
Bir kundagi soatlar
16.8-rasm. Ish haqining o‘sishi natijasida ish vaqtining o‘sishi
Daromadning yanada oshib borishi barcha shaxslarni ham dam olish vaqtini qisqartirib, ish vaqtini oshirishga undayvermaydi. Dam olish vaqtining qisqarib borishi, uni shaxs uchun bo‘lgan qimmatini oshiradi. Yuqorida eslatib o‘tganimizdek, sutkasiga 24 soat ishlash ma’noga ega emas. Bo‘sh vaqtni qimmatini oshib borishi shunga olib keladiki, daromad samarasi, o‘rnini bosish samarasidan oshib ketadi
(16.9-rasm). Natijada ish vaqti T2
Daromad, so’m
M1
24 t2
dan T1
24 t1
gacha qisqaradi.
A
M
R0
R1 E0 E1
R2 E2 U1 U2
B
Umumiy vaqt,
0 t0
t2 t1
N soat/kun
16.9-rasm. Daromad samarasi o‘rnini bosish samarasidan ortiq bo‘lgan hol, 0t0, 0t1, 0t2 lar bo‘sh vaqt, t0N, t2N va t1N lar ish vaqti
Shaxsning bo‘sh vaqti esa
0t2
dan
0t1
ga o‘sadi. Bo‘sh vaqt qimmatini ortishi,
ish haqi oshganda individual shaxsning mehnat taklifi chizig‘i manfiy yotiqlikka ega bo‘ladi (16.10-rasm).
W, so’m/soat
W2 W1
T1 T2
Bir kundagi ish soatlari
16.10-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish
taklif chizig‘i yotiqligi
Ish haqi o‘sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o‘rtasidagi nisbatga ta’siri. Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma`naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar.
Ish vaqti ma`lum vaqtgacha o‘sgandan keyingi ish haqining o‘sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o‘rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo‘ladi. O‘rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko‘p daromad olganda, u ko‘proq ne`matlarni sotib oladi, ushbu ne`matlardan biri, yaxshi dam olishdir.
Agar ishchi dam olishga ko‘proq mablag‘ sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta bo‘lganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig‘i pastga yotiq bo‘ladi. Quyidagi rasmda (16.11-rasm) ish haqi o‘sishining uch bosqichi ko‘rsatilgan.
Ish haqining birinchi bosqichida W1
dan W2
ga o‘sishi, ish vaqtini t1
dan t2
soatga
oshiradi. Bu yerda o‘rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo‘ladi. Ish
haqining ikkinchi bosqichidagi W2
dan W3
ga o‘sishi, ish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ishchi t2
soat ishlaydi, o‘rnini bosish samarasi daromad samarasiga teng.
Uchinchi bosqichdagi ish haqining W3
dan W4
ga o‘sishi, ish vaqtini t2
dan
t4 ga qisqartiradi, o‘rnini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo‘ladi.
Ko‘rinib turibdiki, daromadning o‘sishi dam olishga bo‘lgan talabni oshiradi.
Ish xaqi , so’m/soat
W4
W3 W2
W1
0 t1 t4
t2,t3
Bir kundagi ish soatlari
16.11-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig‘i
Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o‘z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi. Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o‘rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o‘rtacha daromadidan ancha yuqori bo‘lgani uchun, ular ko‘proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o‘rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo‘lgani uchun, ish haqining o‘sishi, ishchilarni ko‘proq vaqt ishlab, ko‘proq daromad qilishga undaydi (o‘rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo‘ladi).
Mehnat bozorida monopsoniya bo‘lgan hol
Bunday hol ko‘proq kichik shaharlarda uchraydi. Shaharda yagona ishlab chiqarish korxonasi bo‘lib, u shahar aholisining asosiy qismini ish bilan ta`minlaydi.
Shaharda boshqa ish joylari kam bo‘lgani uchun, ushbu vaziyat monopsonik bozor vaziyatiga yaqin bo‘ladi. Monopol korxona mahalliy mehnat bozorida ishchi kuchini sotib oluvchi yagona korxona bo‘lgani uchun ham u ish haqiga ta’sir qila oladi. Korxona ishga yollaydigan ishchilar sonini qisqartirsa, ishga kiruvchilar o‘rtasida raqobat kuchayadi va bu ish haqini muvozanat darajasidan pastga tushiradi (16.12-rasm).
Raqobatlashgan mehnat bozorida muvozanat holat E nuqtada o‘rnatiladi. E
nuqtada talab va taklif chiziqlari kesishadi. Muvozanat holatida
Le ishchi We
miqdordagi ish haqi bilan ta`minlanadi. Monopsonist har bir birlik mehnat uchun bir xil ish haqi to‘lagani uchun taklif chizig‘i o‘rtacha xarajat AC chizig‘idan iborat bo‘ladi.
Chekli mehnat xarajatlari chizig‘i
MRCL
o‘rtacha xarajat chizig‘idan yuqorida
yotadi.
MRCL
va MRPL
chiziqlarini kesishgan nuqtasi monopsonik holatda qancha
ishchi bilan band bo‘lishini aniqlaydi. Bu yerda muvozanat holati sharti.
MRPL
MRCL
monopsonik
Ish xaqi stavkasi, so’m
M
Do'stlaringiz bilan baham: |