Qisqa xulosalar
Monopol hokimiyatga ega bo‘lgan firmalarning narxni belgilash strategiyasining asosini iste’molchi ortiqchaligini egallash orqali qo‘shimcha foyda olish usullari tashkil qiladi. Monopolistlarning jamiyatga ta`sir qiluvchi salbiy tomonlari borligini ham esdan chiqarmaslik lozim. Yiriklashgan firmalar o‘z mahsuloti sifatini oshirishga va uni tez-tez yangilashga alohida e`tibor beradi, deb bo‘lmaydi. Ushbu firmalarda yaratilgan yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilishni ko‘p hollarda to‘xtab qolishini ham ko‘rish mumkin.
Narxlar diversifikatsiyasi (narxlarni iste’molchilarning imkoniyatlariga qarab har xil darajalarda belgilash) uch xil bo‘lishi mumkin: iste’molchi daromadiga ko‘ra, iste`mol hajmiga va tovarlar turiga ko‘ra.