bob. TALAB VA TAKLIF ELASTIKLIGI
Talab va taklif elastikligi
Ma’lumki tovarga bo‘lgan talab, uning narxiga, iste’molchi daromadiga va boshqa omillarga bog‘liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog‘liq.
Masalan, limonning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin biz narx o‘zgarishi ta’sirida limonga talab yoki taklifni miqdoriy jihatdan o‘zgarishini aniqlamoqchimiz. Aytaylik, limon narxi 15 %ga oshsa, unga talab qanchaga qisqaradi? Narx 20 %ga pasaysach? Yoki daromad 10 %ga oshganda talab qanchaga o‘zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Shunday qilib narx yoki daromad singari omillar o‘zgarishiga bozorning iqtisodiy agentlari (iste’molchi va ishlab chiqaruvchilar) qanday munosabat bildirishlarini o‘rganishda elastiklik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |