Ish haqi (wage rate) - foydalanilgan mehnat uchun berilgan pul miqdori yoki
narx.
Ishlab chiqarish (production) - ishlab chiqarish omillaridan foydalangan
holda mahsulot yaratish jarayonini yoki ishlab chiqarish omillarini tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i - mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish resurslaridan to‘liq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinasiyasini ifodalovchi chiziq.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig‘i - mavjud texnologiyada kapital va mehnatdan to‘liq foydalangan holda ikkita tovar kombinasiyalarini maksimal darajada ishlab chiqarishni ifodalaydigan chiziq.
Ishlab chiqarish omillari - cheklangan bo‘lib, ularga mehnat (labour), kapital (kapital), materiallar (xomashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, gaz, suv va boshq.), yer (land) kiradi.
Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish omillari miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi funksiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |