Inson kapitaliga investisiya (human capital investment) - insonning qobiliyatini, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog‘liqini tiklashga sarflar).
Institutlar - iqtisodiy sub`ektlar harakatini cheklovchi, ularning o‘zaro munosabatlarini tartibga soluvchi me`yorlar, qoidalar hamda ushbu me`yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Iste`molchi ortiqchaligi (yutug‘i) - iste`molchi tovarlar uchun to‘lashi mumkin bo‘lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‘langan narxlar ayirmalarining yig‘indisi.
Do'stlaringiz bilan baham: |