Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamg‘armaga yoki ssudaga bo‘lgan daromad normasi.
Real foiz stavkasi - bu o‘zgarmas (ya’ni, inflatsiya darajasiga ko‘ra
o‘zgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamg‘arma yoki ssudaga bo‘lgan daromad normasi.
Faraz qilaylik, i nominal, - real foiz stavkasi bo‘lsin. - inflatsiya
darajasi sur`ati, ya’ni
P1 P0 , bu yerda P
- joriy narx darajasi;
P0 0
P1 - ma`lum vaqt o‘tgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi.
Faraz qilaylik, qandaydir joriy qiymat M0 berilgan bo‘lib, u bir yildan keyin
M1 bo‘lsin. U holda M1 M0 1 i .
M0
P
Pulning sotib olish kuchini aniqlaymiz. Bu yerda
0
hozirgi sotib olish
M1
P
kuchi;
1
- kelajakda sotib olish kuchi. U holda
M1
P1
M0 1 i
P0 1
M0 1 .
P0
Bundan real foiz stavkasi r quyidagiga teng:
M1 M0
1
P1 P0
M0
P0
1 i 1, ya’ni,
1 1 1 i, yoki
i
1
0,6 0,9 0,16
1 0,9
Inflatsiya darajasi (sur`ati) kichik bo‘lganda real foiz stavkasi quyidagicha hisoblanishi mumkin: i .
Umuman olganda, firmalarning talabi moddiy kapital ne`matga (uskuna, texnologik liniya) emas, balki vaqtincha bo‘sh bo‘lgan pul mablag‘igadir. Ushbu pul mablag‘ini moddiy kapitalga sarflab, ulardan foydalanish natijasida kelajakda oladigan foydaning bir qismini pul egasiga qaytarish kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham investitsiyaga talab, bu pul jamg‘armasiga bo‘lgan talab, foiz to‘lovi esa qarzga
olingan pulning narxidir.
Misol. Nominal stavka i 60%; - real stavka; - inflatsiya darajasi;
90%.
Formulaga ko‘ra quyidagini yozamiz: 1 1 0,9 1 0,6, yoki real foiz stavkasi 15,8%.
Zayomlarning qiymatini diskontirlash. Zayomlar to‘lov majburiyati bo‘lib, ularning mohiyati shundan iboratki, zayom beruvchi zayom oluvchiga (kreditorga) ma`lum muddat o‘tishi bilan ma`lum summada pul to‘laydi. Faraz qilaylik, davlat yoki biror korxonaning zayomi yaqin 10 yil ishlab chiqarishda har yilda 100 so‘mdan daromad keltiradi, 10 yil o‘tgandan keyin pirovard dividend 1000 so‘m bo‘lsin. Ushbu zayomga zayom oluvchi qancha to‘lashini ko‘rib chiqamiz. Buning uchun daromadlarning diskontirlangan summasini hisoblab chiqamiz.
PDV
100 100 ... 100 1000
(1).
1 i 1 i2 1 i10 1 i10
Bu yerda ham zayom qiymati foiz stavkasiga bog‘liq. 17.4-rasmda zayomning har xil foiz stavkalarida diskontirlangan qiymati keltirilgan.
PDV daromad, ming dollar
2,0
1,5
1,2
1,0
0,7
0,6
0,5
0,05
0,10
0,15
0,20
17.4-rasm. Zayom qiymatidan olinadigan diskontirlangan daromadlar yig‘indisi
Foiz stavkasi qancha ko‘p bo‘lsa, zayomning qiymati shuncha past bo‘ladi. Masalan, 5 foizli stavkada zayom narxi 1386 so‘mni tashkil qilsa, 15 foizda u 747 so‘mga teng bo‘ladi.
Zayomlar muddatsiz bo‘lganda zayom olgan shaxs cheklanmagan muddatda har yili ma`lum o‘zgarmas summa olib turadi. 1000 so‘mlik dividend beradigan cheksiz muddatli zayomning narxi quyidagiga teng:
PDV
1000 1000
1000
...
1 i 1 i2
1 i3
Bunday holda PDV quyidagicha hisoblanadi: PDV
1000 .
i
Shunday qilib, agar foiz stavkasi 5% bo‘lsa, muddatsiz zayomning qiymati
1000 20000
0,05
so‘m bo‘ladi. Agar foiz stavkasi 20% bo‘lsa, zayomning qiymati 5000
so‘mga teng bo‘ladi.
Yer bozori
Iqtisodiy nazariyada yer deganda, uning tabiiy resurslari tushuniladi, ya’ni: yerning hosildorligi, undagi foydali qazilma boyliklar va hokazolar. Bunda biz yerning ustki qatlamini qaraymiz, ya’ni uning ustki qatlamidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirishda yoki qurilishda (uy-joy, maktab, korxona va hokazo) foydalanish mumkin.
Yerning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, u har doim cheklangan va uni u joydan boshqa joyga, ya’ni kapitalni ko‘chirganday ko‘chirib bo‘lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |