Qaytarilmaydigan xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan xarajatlar bo‘lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming so‘mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o‘zgardi va bu uskuna umuman
kerak bo‘lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu uskunani 60 mln. so‘mga sotib, 40 mln. so‘m zarar ko‘rdi. Bunda 40 mln. so‘m qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta`sir qilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |