O’zbekiston respublikasi


Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob ishlari



Download 1,81 Mb.
bet35/43
Sana20.01.2020
Hajmi1,81 Mb.
#35808
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43
Bog'liq
moliyaviy hisobot

7.6. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob ishlari

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin yuqorida ko’rib o’tilgan usullarga tayangan holda amalga oshiriladigan hisob ishlari bajariladi. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlarni tayyorlashdan oldin bosh jamiyat va unga qarashli barcha shuba jamiyatlar moliyaviy hisobotlari aktivlarning bir xil moddalarini, majburiyatlarni, o’z mablag’i, daromadlari va xarajatlarini satrma-satr umumlashtirish uchun tayyorlanishi lozim.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot jamlangan hisobotdan farqli o’laroq, yagona jamiyat moliyaviy axborotidan iborat bo’lishi uchun uni tayyorlashdan oldin jamiyat ichki hisob-kitoblari va operatsiyalariga tegishli ma’lumotlar chiqarib tashlanishi lozim.

Bosh jamiyat va shuba jamiyatlarining bir-birlaridagi ulushlar qiymati har birining o’z moliyaviy hisobotlarida aks ettirilganligi bilan konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda o’z aktivlari va sarmoyasini ikki marotaba ko’rsatmaslik uchun shuba jamiyatlariga bosh jamiyat investitsiyalarining balans qiymati va har bir shuba jamiyatning bosh jamiyat sarmoyasidagi ulushi, bosh va shuba jamiyatlar o’rtasida o’zaro hisob-kitob qilish hisobvaraqlari bo’yicha saldo hamda daromadlar, xarajatlar, dividendlar bo’yicha guruh ichidagi operatsiyalar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan chiqarib tashlanadi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, daromadlar, xarajatlar, dividendlar bo’yicha guruh ichidagi operatsiyalar natijasida vujudga keladigan amalga oshmagan foyda va zararlar, qoplanishi mumkin bo’lmagan zararlar konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotda o’z aksini topishi uchun chiqarib tashlanmaydi.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish oldidan shuba jamiyat sof daromadida shuba jamiyat xo’jalik faoliyatining sof daromadlari (zararlari) hamda sof aktivlarining bosh jamiyatning bevosita yoki bilvosita shuba jamiyatlardagi ishtiroki ulushiga to’g’ri kelmaydigan kamchilik ishtirokining bosh jamiyatga tegishli sof daromad miqdorini aniqlash hamda kamchilik ishtiroki ta’sirida guruhning daromadini kamaytiradigan ulushni aniqlash lozim. Kamchilikning ulushi konsolidatsiyalashgan balansda majburiyatlar va o’z sarmoyasidan alohida ko’rsatilishi, shuningdek, guruhlar daromadida kamchilik ulushi ham alohida ko’rsatilishi uchun ma’lumotlar umumlashtirishdan oldin tayyorlanishi lozim.

Agar biror shuba jamiyatning moliyaviy hisoboti (masalan O’zbekistondan tashqarida joylashgan shuba jamiyatning moliyaviy hisoboti) konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzilgan hisobot davri uchun tuzilgan bo’lib, lekin konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotning hisobot vaqtidan farq qiladigan hisobot sanasida tuzilgan bo’lsa, bunday shuba jamiyat o’sha hisobot vaqti uchun oraliq moliyaviy hisobot tuzishi lozim.

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar o’xshash operatsiyalar va moliyaviy-xo’jalik faoliyatining boshqa voqealari uchun yagona hisob siyosatidan foydalanish asosida tayyorlanishi hamda yagona hisob siyosatidan kelib chiqib, guruh jamiyatlari hisobotlari umumlashtirish uchun tayyorlanishi lozim. Agar guruh ishtirokchilaridan biri o’xshash operatsiyalar bo’yicha konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot tuzish chog’ida qabul qilingan hisob siyosatidan farq qiladigan hisob siyosatidan foydalangan taqdirda, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin bu moliyaviy hisobotlarga tegishli o’zgartishlar kiritiladi.



7.7. Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish bosqichlari

Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobot asosiy, shuba, hamkorlikda nazorat qilinadigan va qaram jamiyatlar hisobotlarining ma’lumotlarini o’z ichiga oladi. Shu bilan birga, moliyaviy hisobot korxona mulkiy va moliyaviy holati, shuningdek, faoliyat natijalarini bir butun ifoda etilgan holda tuzilishi kerak. Bu murakkab vazifa Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlari hisobotlari ma’lumotlarini birinchidan, bosqichma-bosqich birlashtirish yordamida, ikkinchidan, jamiyat shaklidan qat’iy nazar o’z usuli yordamida hal etiladi. Uchinchidan, har bir usul maxsus birlashtirish tartibidan tashkil topadi.

Bizningcha, konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzishni quyidagi uchta asosiy bosqichga ajratish maqsadga muvofiq:

I bosqich: O’tish hisobotini tuzish;

II bosqich: Konsolidatsiyalashgan balans va moliyaviy natijalar to’g’risidagi konsolidatsiyalashgan hisobotni gorizontal jamlash natijasida jamlangan ma’lumotlarga ega bo’lish;

III bosqich: Bevosita umumlashtirish.

Birinchi va ikkinchi bosqich bevosita umumlashtirishga tayyorgarlik ko’rishni amalga oshiradi.

Birinchi bosqichni zarurligi shunga bog’liqki, aksariyat hollarda ya’ni hisob siyosatida Bosh va shuba korxonalari guruhining barcha jamiyatlari uchun yagona bo’lgan talablarga qaramasdan, ularning hisoboti turli muddatlarda va turli valutada tuzilishi, o’z tuzilmasi va bandlarini baholash bo’yicha (Masalan, Bosh va shuba korxonalari guruhining xorijiy jamiyatlari mavjud bo’lsa) bir-biridan farq qilishi mumkin. Bunday hisobotlarni ushbu farqlarni hisobga olmasdan umumlashtirish qonunchilikka nomuvofiqdir. Mazkur vaziyatda bosh va shuba korxonalari guruhining muayyan jamiyati hisobotini o’tish hisobotini tuzish yordamida birlashtirishga tayyorlash maksadga muvofiqdir.

O’tish hisobotining maqsadi - Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlarining hisob yuritish siyosatidan chetga chiqqan hisobotini o’zgartirish va uni asosiy jamiyatning hisob siyosati yagona talablariga muvofiqlashtirishdir.



Ikkinchi bosqichda birlashtirilayotgan jamiyatlar hisoboti gorizontal ravishda jamlanadi. Natijada har bir bandi birlashtirilayotgan jamiyatlar hisobotining tegishli pozitsiyalari summasini ifoda etadigan umumiy balans paydo bo’ladi. Ushbu bosqichda konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotni tuzish tartibi va unga Bosh va shuba korxonalari guruhining birlashtirilishi lozim bo’lgan barcha jamiyatlari rioya qilishi ustidan alohida nazorat qilish zarur. Shuni ta’kidlash joizki, ushbu bosqich faqat shuba va hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlarga tegishli. Bundan tashqari, Shuba jamiyatining ma’lumotlari to’liq jamlansa, hamkorlikda nazorat qilinayotgan jamiyatlar ma’lumotlari faqat Bosh va shuba korxonalari guruhining ishtirok etish hajmiga mutanosib ravishda jamlanadi.

Uchinchi bosqich balans va moliyaviy natijalar to’g’ristdagi umumlashtirilgan hisobot tuzishni o’z ichiga oladigan bevosita birlashtirishni ifodalaydi. Uning maqsadi Bosh va shuba korxonalari guruhi jamiyatlari to’grisidagi axborotni yagona iqtisodiy tuzilma sifatida taqdim etishdir. Buning uchun bosh va shuba korxonalari guruhi ichidagi muomalalar va ularning natijalarini istisno qilishga yo’naltirilgan birlashtirishning aniq tartibi ishlab chiqilgan. Birlashtirish tartibi shuba va hamkorlikda nazorat qilinadigan jamiyatlar uchun bir xil bo’lib, qaram jamiyatlar hisoboti ma’lumotlarini kiritishdan ancha farq qiladi. Birinchisiga quyidagilar kiradi:

1. Kapitalni umumlashtirish.

2. Majburiyatlarni (debitorlik, kreditorlik qarzlari) umlashtirish.

3. Oraliq majburiyatlarni istisno qilish.

4. Daromad va xarajatlarni umumlashtirish.

5. Birlik nazariyasiga rioya qilish bilan bog’liq ba’zi bir husiyatlarni umumlashtirish.

Dastlabki uchta tartib konsolidatsiyalashgan balansni tuzishga, to’rtinchisi esa moliyaviy natijalar hisobotiga taalluqli. Beshinchi tartib barchasiga tegishlidir.


Download 1,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish