90-tipovoy seriyali turar-joy panelli bino konstruksiyalari va ko‘zda tutilgan ishlarining loyiha bo‘yicha yaxlitlashtirilgan smeta narxi
ko‘rsatkichlari
2.1-jadval
№
|
Konstruktiv elementlar
|
Smeta narxi salmog‘i % bino loyihasi
bo‘yicha
|
5 qavatli bino
uchun
|
9 qavatli bino
uchun
|
|
Umumiy smeta bahosi
Shulardan:
|
100
|
100
|
1
|
Yer osti qismi
|
11,5
|
7,5
|
2
|
Yer ustki qismi:
|
77,5
|
77,6
|
|
Tashqi devorlar, deraza, ayvon eshiklari, ayvon (loja) va
balkonlar
|
23,2
|
22,6
|
|
Ichki devorlar
|
11,7
|
13,3
|
|
Qavatlararo yopma va pollar
|
17,6
|
18,5
|
|
To‘siq devorlar va eshiklar
|
8
|
7,7
|
|
Tom
|
8,1
|
4,8
|
|
Zina va lift shaxtasi
|
6,1
|
8,3
|
3
|
Santexnika ishlari
|
7,9
|
7,2
|
4
|
Elektr yoritgichlar, jihozlar va
liftlar
|
3
|
7,6
|
Binolarni loyihalashda ularning konstruktiv elementlarini to‘g‘ri tanlash binoning hajmiy lanlashtirish yechimlari sifatiga ta’sir etib qolmay, balki umumiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ham ta’sir etadi.
Binoning konstruktiv yechimlari
Binoni ko‘tarib turuvchi konstruksiyalari, ya’ni poydevori, devorlari, alohida tayanchlari, qavatlararo yopmalari fazoda bir-biri bilan bog‘lanib, bino negizini tashkil etadi.
Bino negizi ko‘tarib turuvchi elementlarining fazoda qanday joylashtirilganligiga qarab, binolarni quyidagi konstruktiv tiplarga (2.2-rasm) ajratish mumkin:
karkassiz (sinchsiz) binolar o‘zaro bog‘langan tashqi devorlar va qavatlararo yopmalardan iborat bo‘lgan bikr va mustahkam qutidan iborat.
Binoning tashqi va ichki devorlari ora yopmalar hamda tom og‘irligini qabul qiladi. Turar-joylar, maktablar va boshqa jamoat binolari qurilishida ana shu konsturktiv tip keng tarqalgan.
2.2-rasm. Binolarning konstruktiv turlari:
– karkassiz bino;
– karkasli bino;
v) – nimkarkas;
– lentasimon poydevor;
– ko‘tarib turuvchi tashqi devor; 3 – qavatlararo ora yopma;
– ora yopma paneli;
– ko‘tarib turuvchi ichki devor; 6 - karkas ustunlari;
– ustunli poydevor;
– o’zini-o‘zi ko‘tarib turuvchi tashqi devor.
karkasli (sinchli) binolarda ustunlar sistemasi gorizontal to‘sinlar bilan birgalimkda bino skletini tashkil qiladi. Binoning karkasi binoga ta’sir qiladian barcha kuch va og‘irliklarni qabul qiladi. Karkasli bino konstuksiyalari vazifasiga ko‘ra bir-biridan farq qlib, ko‘tarib turuvchi va himoyalovchi guruxlarga bo‘linadi. Bu holda tashqi devorlar faqat himoyalovchi funksiyasini bajarib, ular o‘z-o‘zini ko‘taruvchi yoki ilib qo‘yilgan bo‘lishi mumkin;
agar ichki bo‘ylama yoki ko‘ndalang devorlar o‘rniga ustunlar sistemasi o‘rnashtirilib, ularga tayangan gorizontal to‘sinlarga qavatlararo yopmalar joylashtirilgan bo‘lsa, bunday binolar yarim karkasli bino deb ataladi. Bu tipdagi binolarda ichki karkas bilan birgalikda tashqi devorlar ham ora yopma va tomdan tushadigan yukni qabul qiladi. Karkaslar ishlash xarakteriga ko‘ra ramali, bog‘lanishli (kashakli) va ramali-bog‘lanishli bo‘ladi (2.3-rasm). Ramali karkasda ustun va to‘sin o‘zaro bikr (yaxlit) tugnli bog‘lanib, vertikal va gorizontal ta’sir etuvchi hamma yuklarni o‘ziga qabul qiluvchi ko‘ndalang va bo‘ylama rama hosil qiladi.
Bog‘lanishli karkaslarda ustun va to‘sin orasidagi tugunlar bikr bo‘lmaganligi (payvandli sharnirli birikmalar) uchun gorizontal ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qiluvchi qo‘shimcha bog‘lanishlar o‘rnatish talab etiladi. Bunday bog‘lanishlar vazifasini ko‘pincha diafragmani tashkil qiluvchi hamda gorizontal kuchni bikr vertikal diafragmaga (zinaxona devori, temir beton ichki parda devor, lift shaxtasi va boshqalarga) uzatuvchi qavatlararo yopmalar bajaradi.
Keyingi paytlarda qurilish amaliyotida kombinatsiya qilingan, ya’ni ramali bog‘lanishli karkaslar ko‘proq uchramoqda. Bunda bir yo‘nalishda bog‘lanishlar o‘rnatilsa, ikkinchi yo‘nalishda ramalar o‘rnatiladi.
Shuni aytish kerakki, yirik panelli baland jamoat va turar-joy binolari qurilishida konstruktiv sxemasi karkasli imoratlar qurish usulini qo‘llash ko‘proq foydalidir. Bundan tashqari, turar-joy binorlari qurilishida zavodlarda tayyorlangan yirik xajmiy elementlar, ya’ni quti-bloklar keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |