8-modda. Sertifikatlash
Oldingi tahrirga qarang.
Quyidagilar normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga muvofiqlik bo‘yicha majburiy sertifikatlashtiriladi:
(8-modda birinchi qism birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-116-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
energetika resurslari;
ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish;
energiya hosil qiluvchi va uni ishlatuvchi asbob-uskunalar hamda mahsulotlar;
Keyingi tahrirga qarang.
Majburiy sertifikatlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ishlab chiqaruvchi asbob-uskunalarni, shu jumladan ro‘zg‘orda foydalanish uchun mo‘ljallangan asbob-anjomlarni energiya jihatidan samaradorlik ko‘rsatkichlariga doir qismida tamg‘alashni normativ hujjatlarda ko‘rsatilgan talablarga muvofiq amalga oshiradi.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-116-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |