9-modda. Metrologiya
Oldingi tahrirga qarang.
Energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida, majburiy davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati amalga oshiriladi.
(9-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 26-sentabrdagi O‘RQ-116-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 39-son, 402-modda)
Energiyadan oqilona foydalanishni davlat tomonidan metrologik ta’minlash energiya hosil qilish va uni sarflash chog‘ida o‘lchashning bir xilligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar normativ hujjatlar majmuini nazarda tutadi.
Quyidagilar energiya hosil qilish va uni sarflash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati obyektlaridir:
o‘lchov vositalari;
axborot-o‘lchov tizimlari;
moddalar va materiallar tarkibi hamda xossalarining standart namunalari;
energiyani va energiya manbalarini hisobga olish majmui hamda tarmoqlari;
o‘lchash uslublari;
metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan boshqa obyektlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Energiyadan oqilona foydalanish tizimini ta’minlash ustidan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati “O‘zstandart” agentligi zimmasiga yuklatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |