II.ASOSIY QISM 2.1. Energiyadan oqilona foydalanish to'g'risida
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi milliy energetika resurslari saqlanishini, energiyadan va ishlab chiqarish imkoniyatlaridan samarali foydalanishni ta’minlaydigan umumiy huquqiy asoslarni shakllantirishdan iboratdir.
2-modda. Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |