Oʻzbekiston respublikasi urganch davlat universiteti «O’zbekistonning energiyani tejashga va muqobil energiyadan foydalanishga qaratilgan davlat siyosati» mavzusida kurs ishi


-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida



Download 0,54 Mb.
bet22/34
Sana31.12.2021
Hajmi0,54 Mb.
#244682
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34
Bog'liq
Muhammedova Anabibi 181-guruh kur ishi

2.2. 2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida


Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 5-maydagi PQ-2343-sonli qarori bilan tasdiqlangan, 2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi doirasida keyingi yillarda respublikamizning iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohasida energiya tejamkorligini ta’minlashga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Maishiy uskunalarni ishlab chiqarish energetik menejmenti va energetik markirovkalash standartlari joriy etildi. Ko‘chalarni yoritish tizimida energiya iste’moli bo‘yicha samarali texnologiyalarni hamda uy-joy va ijtimoiy binolar uchun energiyani tejaydigan lampalarni joriy qilish ishlari olib borilmoqda, respublika hududida quvvati 40 Vtdan yuqori bo‘lgan cho‘g‘lanma lampalarni sotish to‘xtatildi.Xalq ta’limi vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazining byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalarida energiya sig‘imi yuqori bo‘lgan isitish qozonlarini energiya tejamkorlariga almashtirilmoqda. Energetika tarmog‘ida zamonaviy gaz va bug‘ turbinali qurilmalarni joriy qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.2017-2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlariga doir qabul qilingan. Dastur doirasida 42 ta yangi gidroelektrostansiya qurish va ishlab turgan 32 ta gidroelektrostansiyani modernizatsiya qilish hisobiga 2025-yilga qadar respublikamizning ekologik toza gidroenergiya ishlab chiqarish quvvatlarini 1,7 barobarga oshirish nazarda tutilmoqda.

Shu bilan birga, ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, milliy iqtisodiyotning energiya sig‘imi yuqoriligicha qolmoqda, qayta tiklanuvchi manbalarni sanoat ishlab chiqarishiga jalb etish hisobiga yoqilg‘i-energetika balansini diversifikatsiyalash darajasi jahon tendensiyasiga javob bermaydi. Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda birlamchi yoqilg‘i sifatida asosan tabiiy gaz va boshqa an’anaviy uglevodorod yoqilg‘i turlaridan foydalanilmoqda.

Elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining (quyosh, shamol va biogaz energiyasi, kichik tabiiy va sun’iy suv oqimlarining gidroenergiyasi) mavjud yuqori imkoniyatlaridan amalda foydalanilmayapti. 

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, ishlab chiqarishning energiya sig‘imini qisqartirish, milliy ilmiy-texnikaviy ishlanmalar va sinovdan o‘tgan xalqaro energotejamkor ilg‘or texnologiyalar tadqiqotlarini amaliyotga maqsadli joriy etish sohasida belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni ro‘yobga chiqarish maqsadida:

1. Quyidagilar 2017-2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin: qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish sohasida innovatsiya texnologiyalarini, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi jihozlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni, jumladan, texnologiyalarni transfer qilish va muhandislik markazlarini tashkil etish yo‘li bilan kengaytirish; qayta tiklanuvchi va muqobil energiya manbalaridan, ikkilamchi energetika resurslarini energetik utilizatsiya qilishdan foydalangan holda, elektr energiya ishlab chiqarish, quyosh, shamol energiyasi, mikro va kichik gidroelektrostansiyalardan foydalanishning sinovdan o‘tgan texnologiyalari asosida energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilish orqali yoqilg‘i-energetika balansini diversifikatsiyalash; zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalari asosida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va yangilarini yaratish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar energiya sig‘imini kamaytirish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi (keyingi o‘rinlarda Dastur deb yuritiladi) ma’qullansin, Dastur quyidagilarni o‘z ichiga oladi: qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq; qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirishga doir investitsiya loyihalari ro‘yxati 2-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish va energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari 3-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida energiya sig‘imini kamaytirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning maqsadli ko‘rsatkichlari 4 va 4a-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda byudjet tashkilotlarida energiya samarador isitish qozonlarini joriy etish jadvali 5-ilovaga muvofiq;

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining suv xo‘jaligi tashkilotlari nasos stansiyalarida energiya samarador nasoslar va elektrodvigatellarni joriy etish jadvali 6-ilovaga muvofiq.

Vazirlar Mahkamasi komplekslari, mas’ul ijrochilar – vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari rahbarlariga mazkur qaror bilan ma’qullangan Dasturdagi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi uchun shaxsiy mas’uliyat yuklansin.

Tegishli chora-tadbirlarning amalga oshirilishi uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalari har bir parametr va loyiha bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin.

3. Energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasining yangilangan tarkibi 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Respublika komissiyasiga (Aripov A.N.), zarur hollarda, ushbu qaror bilan ma’qullangan chora-tadbirlar Dasturining maqsadli va prognoz ko‘rsatkichlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish huquqi berilsin.

4. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Fan va texnologiyalar agentligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ, Quyosh energiyasi xalqaro instituti, “O‘zbekenergo” AJ Ilmiy-texnik markazi ikki oy muddatda qayta tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanish, shu jumladan, quyosh energetikasini rivojlantirish, energiya samaradorligi sohasidagi mahalliy ishlanmalar va amaliy tadqiqotlarni, shuningdek, sinovdan o‘tgan xorijiy ilg‘or texnologiyalarni transfer qilish imkoniyatini tahlil qilish asosida iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlarida qayta tiklanuvchi manbalar energiyasini maqsadli joriy qilish va quyosh energetikasini rivojlantirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritsin.

5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ bilan birgalikda har yili yoqilg‘i-energetika resurslarini ishlab chiqarish va iste’moli prognoz ko‘rsatkichlarini shakllantirishda ularning hajmlarini ushbu qarorning 4 va 4a-ilovalariga muvofiq nazarda tutsin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yilning 1-yanvaridan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida, shuningdek, mahalliy byudjetlar qo‘rsatkichlarida Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarning bajarilishi uchun zarur mablag‘larni asoslangan hisob-kitoblarga ko‘ra nazarda tutsin.

7. Belgilab qo‘yilsinki: belgilangan quvvatlari tegishli ravishda 0,2 MVt va 30 MVt bo‘lgan mikro va kichik gidroelektrostansiyalar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda, elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi iste’molchilar, shuningdek, tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan va ikkilamchi energetik resurslardan foydalangan holda energiya ishlab chiqaruvchilar yagona elektr energetikasi va elektr energiyasi iste’molchilarining tarmoqlariga qonunchilik talablariga muvofiq blok-stansiyalar shartlarida ulanishlari mumkin; qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ikkilamchi energetik resurslardan foydalanadigan qurilmalar yagona elektr energetikasi tizimi operatorining dispetcherlik grafigida elektr energiyasini sotib olish bo‘yicha qazilma yoqilg‘ilaridan foydalanadigan energiya ishlab chiqaruvchi quvvatlarga nisbatan ustuvorlikka egadir; mavjud elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va (yoki) kengaytirish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini (qurilmalarini) ulash bilan bog‘liq xarajatlar ushbu tarmoq egalari tomonidan, yagona elektr energetikasi tizimiga ulash nuqtasigacha esa – qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan energiya ishlab chiqaruvchi tomonidan amalga oshiriladi; yagona elektr energetika tizimiga yetkazib berilayotgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan (“O‘zbekgidroenergo” AJdan tashqari) ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar uchun amaldagi tarif qiymatida (qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda), yagona elektr energetika tizimi bo‘yicha elektr energiyasi birligini yetkazib berish tannarxiga kamaytirilgan qiymatda, shuningdek, hududiy elektr tarmoqlari korxonalarining elektr energiyasi birligini taqsimlash va sotish qiymatiga kamaytirilgan holda, amalga oshiriladi.

Bunda qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisobga olmagan holda hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2343-sonli qarori 5-bandining ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashdan ozod qilish bo‘yicha imtiyoz va preferensiyalarning amal qilish davrida amalga oshiriladi. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari “O‘zbekenergo” AJ va mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan kelishgan holda, qayta tiklanuvchi energiya manbalari asosida elektr energiya ishlab chiqaruvchi iste’molchilardan elektr energiya sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzish huquqiga egadir.

8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari: O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi hamda Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi bilan birgalikda loyihalar tashabbuskorlariga yer uchastkalarini ajratishda va loyiha tashabbuskorlari murojaatlariga asosan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi uskunalarni qurish loyihalarini vakolatli davlat organlari bilan “yagona darcha” tamoyili orqali kelishishda qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘maklashsin; qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanuvchi uskunalarni qurish va foydalanishga topshirishda ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tish muddatlariga ijro etilishi yuzasidan nazoratni ta’minlasin.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Ibragimov G‘.I.) uch oy muddatda uglevodorod yoqilg‘isini qazib olish, qayta ishlash, transportirovka qilish, taqsimlash, uglevodorod yoqilg‘isidan foydalanish, uni qayta ishlash orqali energiyani sanoat turlariga aylantirish, issiqlik va elektr energiyasidan foydalanish holati ustidan davlat nazorati tizimini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rsin.

10. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-apreldagi F-4891 farmoyishi bilan tashkil qilingan Tovarlar (ishlar, xizmatlar) hajmi va tarkibini tanqidiy tahlil qilish, import o‘rnini bosadigan ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish Komissiyasi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan ro‘yxatga asosan, respublikamizda ishlab chiqarilmaydigan, Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun chetdan olib kelinadigan texnologik uskunalar, xomashyo, materiallar, butlovchi va ehtiyot qismlar, texnologik hujjatlar 2022-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlaridan (bojxona yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilinsin.

11. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi Dasturni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlari murojaatlariga asosan xalqaro moliya tashkilotlari, xorijiy hukumat fondlari va tashkilotlarining grantlari, kreditlari va maqsadli mablag‘larining jalb qilinishini doimiy ravishda ta’minlasin.

12. O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zbekenergo” AJ va “O‘zbekgidroenergo” AJ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada qayta tiklanuvchi energiya manbalari bo‘yicha texnologiyalarni joriy qilish, energiya samaradorligini oshirish, yoqilg‘i-energetika resurslaridan tejamli va oqilona foydalanish masalalarini doimiy ravishda keng yoritib borsin.

13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 5-maydagi “2015-2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sarfi hajmini qisqartirish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2343-sonli qarorining 2-4, 6-bandlari, shuningdek, qarorga 1-6-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan, deb hisoblansin.

14. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qonunchilikka mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari G‘.I.Ibragimov zimmasiga yuklansin. 

Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish