elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasi — elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish majmuasi o‘rnatiladigan elektr energetika obyektidagi nuqta. Elektr energiyasini hisob-kitob hisobini yuritish nuqtalarining joylashishi o‘zaro bog‘langan energetika korxonalari o‘rtasidagi shartnomalarda (odatda, balans bo‘yicha mansublik chegarasida) oldindan kelishiladi;
elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish ma’lumotlarini yig‘ish — energetika korxonalari o‘rtasida elektr energiyasini (quvvatini) oldi-sotdi va uzatish shartnomalari bo‘yicha zarur bo‘lgan o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun elektr energiyasining hisob-kitob hisobini yuritish nuqtasidan hisoblash davri (kalendar oyi) uchun ma’lumotlarni olish va qayta ishlash jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |