19-modda. Energiya hosil qiluvchilar va uning iste’molchilariga beriladigan imtiyozlar
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yuridik va jismoniy shaxslarga:
energiyadan foydalanish samaradorligini ancha oshiradigan maxsus asbob-uskunalar, asboblar va materiallarni import qilishda bojxona bojlari va soliqlar bo‘yicha;
o‘z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar beradi.
Energiyadan oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati yuridik va jismoniy shaxslarga: energiyadan oqilona foydalanish sohasidagi aniq maqsadga qaratilgan milliy, tarmoq va mintaqaviy dasturlar hamda loyihalarni davlat imtiyozli kreditlari hisobidan moliyalashtirish bo‘yicha;
tarmoqlararo ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish, energiya jihatidan samarador asbob-uskunalarning tajriba turkumlarini ishlab chiqarish bo‘yicha;
o‘z vakolatiga muvofiq boshqa masalalar bo‘yicha imtiyozlar beradi.
(19-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-sonli Qonuniga asosan birinchi va ikkinchi qismlar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 3(I)-son, 32-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati: belgilangan normativlarga nisbatan energiya sarfi kamayishini ta’minlagan;
energiya sarfi miqdori belgilangan normativlardagidan kam bo‘lgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan;
yoqilg‘idan ommabop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun xomashyo sifatida foydalanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiya uchun imtiyozli tariflar belgilashi mumkin.
Energiyani tejaydigan texnologiyalarga sarflangan xarajatlar va kapital mablag‘lar qoplanishini jadallashtirish maqsadida asbob-uskunalar, asboblar, issiqlik o‘tkazmaydigan materiallar va konstruksiyalar, ko‘plab ishlab chiqariladigan energiya jihatidan samarali mahsulotlarni chiqarayotgan, tegishli ishlarni bajarayotgan va xizmatlar ko‘rsatayotgan ishlab chiqaruvchilarga, shuningdek mazkur asbob-uskuna, asbob, material konstruksiya, mahsulotlarning joriy etilishini va ulardan foydalanilishini ta’minlayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga qonun hujjatlariga muvofiq soliq bo‘yicha imtiyozlar belgilanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Energiya va issiqlik ta’minotini takomillashtirish, uy-joylar, kvartiralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni energiya sarfini hisobga oladigan, nazorat qiladigan va boshqarib turadigan asboblar bilan ta’minlash ishlarini amalga oshirayotgan, issiqlik yo‘qolishiga yo‘l qo‘ymaslik va energiya sarflashni kamaytirishga, isitish uchun ikkilamchi energiya resurslaridan, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan, mahalliy yoqilg‘i turlari va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni qo‘shimcha ravishda amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslarga energiyani tejash fondi mablag‘laridan dotatsiya berilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |