tizimning turli qismlari o‘rtasida kelishib ish olib borishni ta’minlashdir.
3. Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi borib, u sodir bo1 lib turadigan og‘ishlami bartaraf qiladi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tutilgan og‘ishlaming oldi olinadi.
4
|
Nazorat
|
1. Bu funksiyaning maqsadi ≪tutib olish≫, ≪aybini ochish≫, ≪ilintirish≫ emas, balki boshqaruv obyektida sodir bo‘layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma’lum tartibda shu obyekt faoliyatini o‘z vaqtida sozlab turishdir. Nazorat o‘rnatilgan me’yoriy hujjatlardan, rejalardan og‘ishlari, ulaming joyi, vaqti, sababi va xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
3. Ta’sirchan nazoratni tashkil qilish har bir
rahbaming funksional ishidir. Muntazam nazorat yo‘q joyda ko‘zlangan pirovard natijalarga erishib bo‘lmaydi.
|
2-jadval. Menejment boshqaruvi funksiyalarining asosiy mazmuni
Boshqarishning ma’naviy-ma’rifiy funksiyallari: xodimlami insoniylik, yaxshilik, mehr-shafqatli va o‘zaro munosabatlarda sabrtoqatli borish ruhida tarbiyalash va h.k.
Boshqarishning tashkiliy funksiyalari, ya’ni ta’lim jarayonini tashkil qilish, o‘zaro aloqalami o‘matish va muvofiqlashtirish, vazifalar taqsimlash, boshqarish apparati xodimlari o ‘rtasida mas’ulyatlarini belgilash va h.k.
Qayd qilingan funksiyalar bir-biri bilan bog‘liq va ma’lum darajada tartibga solingan ko‘p elementlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo‘lib, ular yaxlitlikka ega, shuning uchun ham boshqarish jarayonida ulaming birortasini e’tibordan chetda qoldirilsa, menejmentda toiaqonlik ta’minlanmaydi.
Boshqarishning fimksiyalaridan yana biri - bu tarmoqli boshqarish bilan hududiy boshqarishning mutanosibligini ta’minlashdir. Har qanday korxona xalq xo‘jaligining qandaydir bir tarmoq tarkibida bo‘ladi, ayni vaqtda u bir tuman hududida joylashgan borib, o‘sha hududga xos, mahalliy sharoitlami inobatga olgan ishlab chiqarish - hududiy majmuiga kiradi. Boshqarish jarayonida
bu funksiya ham hududiy, ham tarmoq manfaatini ko‘zda tutishi lozim. Tarmoqqa doir boigan boshqaruv funksiyalari uning soha xususiyatlarini ta’minlaydi, masalan, sanoat ishlab chiqarishi, sport tovarlari ishlab chiqarish, sport o‘yinlarini uning turlari bo‘yicha tashkil qilish va h.k. Har bir xo‘jalikning o‘z xususiyatlariga mos ravishda ish yuritilmasa, tarmoq ≪yo‘qoladi≫, ya’ni yagona texnik va texnologiya siyosatini amalga oshirish va butun tarmoqqa
taalluqli boshqa xususiy masalalarini hal etish qiyin bo‘ladi.
Boshqarishning hududiy funksiyalari ham zarur. Bu funksiya muayyan tuman, viloyat hududida joylashgan turli tuman tarmoqlarga qarashli korxonalar faoliyatini mahalliy sharoitga muvofiqlashtiradi, ratsional aloqalami o‘matilishini ta’minlaydi. Qayd qilingan fiinksiyalardan tashqari boshqarishning o‘ziga xos aniq funksiyalari ham bor. Boshqarishning o‘ziga xos aniq funksiyalari deganda muayyan organiga va uning boshqaruvchisiga aniq biriktirilgan ishlar mas’uliyat, maqsad va unga erishish vositalari majmui tushuniladi. Tegishli funksiyalaming to‘la-to‘kis va sifatli bajarilishiga umumiy
rahbarlar - direktor, uning o‘rinbosarlari, bo'g‘im va bo‘limlar boshliqlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari rahbarlari va boshqalar mas’uldirlar.
Menejment, jumladan, jismoniy tarbiya va sport menejmentida har qanday boshqaruvning mohiyati uning funksiyalari (vazifalari) da namoyon bo‘ladi. Jismoniy tarbiya va sport sistemasida boshqaruv funksiyalarisiz menejmentning jarayon va mazmunmohiyatini tasawur qilib bo‘lmaydi. Jismoniy tarbiya va sportning rivojlanib va takomillashib borishi, uning ixtisoslashuvi hamda
umumiylashuvi (kooperirovanie) so‘zsiz ravishda boshqaruv funksiyalarining mohiyatini yuksalishiga olib keladi, keyinchalik ular borgan sari murakkablashib boradi va mutaxassislaming maxsus ilmiy faoliyatiga aylanadi.
Jismoniy tarbiya va sport menejmenti sistemasida ishlaming funksiyalar bo‘yicha maxsus guruhlarga bo‘linishi va ixtisoslashib borishi - bu obyektiv jarayondir. U bozor munosabatlari hamda jismoniy tarbiya va sportning rivojlanib borayotgani va ushbu jarayonni boshqarishning murakkabligi bilan bog‘liq. Jismoniy tarbiya va sport menejmenti funksiyalarining mohiyati jamoadagi asosiy zahiralaming unumli shakllanishida, individual personal
orasidagi hamjihatlikda namoyon bo‘ladi. Ular har xil texnik va tashkiliy omillar yordamida bevosita personal tomonidan amalga oshiriladi. Jismoniy tarbiya va sportda har bir boshqaruv funksiyalarining mohiyati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmasdan turib, personalni to‘g‘ri tanlash, uni o'qitish, qayta o‘qitish va malakasini oshirishni yaxshi tashkil etish mumkin emas. Personal, ijrochilar
orasida funksiyalarini amalga oshirish har doim maxsus kvalifikatsiyani
talab etadi.
Yuqorida qayd etilgan jismoniy tarbiya va sport menejmenti funksiyalarining xususiyatlarini inobatga olgan holda O‘zbekiston sharoitida yuzaga kelgan sohani boshqarish funksiyalarini quyidagicha ifodalash mumkin:
1. Jismoniy tarbiya va sportda personal faoliyatini rejalashtirish va istiqbol rejalar tuzish.
2. Jismoniy tarbiya va sportda personal faoliyatini tashkillash va uyushtirish.
3. Jismoniy tarbiya va sportda personal faoliyatini motivatsiyalash (jonlantirish).
4. Jismoniy tarbiya va sportda personal faoliyatini nazorat qilish va o‘zgarishlar kiritish.
5. Jismoniy tarbiya va sportda atrof-muhitni o‘rganish va bozor dinamikasini tahlil qilish.
6. Jismoniy tarbiya va sport mahsulining talabgorlarini taklif va talab nuqtai nazardan tahlil qilish, ulaming ehtiyojlarini qondirish.
7. Jismoniy tarbiya va sportda tovarlar ishlab chiqarishni rejalashtirish.
8. Jismoniy tarbiya va sportda tovarlar ishlab chiqarishni tashkil qilish.
9. Jismoniy tarbiya va sportda tovarlar ishlab chiqarishni tahlil qilish, ular tarkibi va miqdoriga o ‘zgarishlar kiritish.
10. Jismoniy tarbiya va sportda tovarlar ishlab chiqarish xarajatlarini rejalashtirish, tahlil qilish va o‘zgarishlar kiritish.
11. Jismoniy tarbiya va sportda tovarlar ishlab chiqarishda narx-navolami rejalashtirish, tahlil qilish va o‘zgarishlar kiritish.
12. Jismoniy tarbiya va sportda iqtisodiy-ijtimoiy mas’uliyatni shakllantirish va uni boshqarish.
Demak, menejment jarayoni mazmuni unimg funksiyalarida ko‘rinadi. Menejment funksiyasi deyilganda boshqaruvga doir ma’lum masalalami yechishga yo‘naltirilgan bir turli ishlar yig‘indisi tushuniladi. Boshqaruv organlari va ijrochilar mas’uliyatli boshqarish funksiyasini belgilaydi. Bu vazifalar funksional bo‘lim to‘g‘risidagi Nizom va mansabdor boshqaruvchilar uchun ko‘rsatmalarda o‘z ifodasini topadi
Do'stlaringiz bilan baham: |