О‘zbekistonda futbolning rivojlanishi va uning istikbollari
Futbol о‘yin va sport tariqasida О‘zbekistonga asosan (1875-1917) va Ittifoq (1917-1991) davrlarida kirib kelgan va rivojlangan. Shu davrlardagi О‘zbekiston futbolining holati asosan R.Ismoilov Y.Sholomitskiy (1969), E.Avanesov (1967) kabilarning о‘quv qо‘llanmalari va ommabop risolalarida bayon etilgan.
Ayniqsa yoshlarni futbol bilan shug‘ullantirish, ommaviy futbolni rivojlantirish masalalari V.I.Izaak (1974), A.I.Tolibjonov (1984) R.A. Akramov (1935), R.E.Nurimov(1986), SH.T. Iseyev (1992) O. Sodiqov (1994), J.K. Komilov (2002) kabilarning ilmiy tatqiqotlarida о‘z ifodasini topgan. Ularning amaliy tavsiyalari, о‘quv uslubiy qо‘llanmalari о‘quvchi yoshlarni ommaviy ravishda futbol bilan shug‘ullanishlariga safarbar etmoqda.
E’tirof etish lozimki, О‘zbekistonda dastlab “Dinamo”, “Spartak”, “Lokomotiv”, “Trud”, sport jamiyatlari tarkibida futbol klublari, jamoalari (komandalar) tarkib topib ular futbolni ommalashishiga ma’lum darajada hissa qо‘shgan.
1921, 1927 va urushdan oldingi yillar (1931-1937) respublika futbolchilari Afg‘oniston, Shvetsiya, Xindiston va boshka chet el mamlakatlarining futbol klublari bilan xalqaro uchrashuvlar о‘tkazib, о‘z tajribalarini boyitgan.
Urushdan keyingi yillarda(1951-1957) “Paxtakor” qishloq sport jamiyati tashkil etilib, uning tarkibida “Paxtakor” klubi (1956) faoliyat kо‘rsatadi. “Toshkent oqshomi” gazetasining 1982 yil 2 aprel sonidagi “Paxtakor”: tarix saxifalaridan” mavzusidagi lavhada juda qimmatli dalillar bayon etilgan. Shu asosda ba’zi bir ma’lumotlarni keltirish mumkin. “Paxtakor” futbol klubi 1956 yilda tashkil etilgan. Ittifoq futbol oliy ligalari tarkibiga 1960 yilda a’zo bо‘ldi. Oliy ligada 590 martta uchrashib, undan 167tasi g‘alaba, 244tasi mag‘lubiyat, 179tasi durrang bilan tugagan. Tо‘plar nisbati: 652:860.
1971yil paxtakorchilar “G‘alabaga bо‘lgan ishonch” sovrini bilan taqdirlangan. 1978 yil “Sportivnaya Moskva” gazetasi sovrini topshirilgan. Hujumchi B.Abduraimov 1968 yil “Trud” gazetsi, 1972 yil “Komsomolets Tadjikistana” gazetalarining sovrini bilan takdirlangan.Jamoada birinchi bо‘lib G.Krasnitskiy 102ta tо‘p kiritib “Fedotov klubi” a’zosi bо‘lgan. Ittifoq futbol terma jamoasi tarkibida turli yillarda 5 kishi ya’ni V.Fedorov(17 tup kiritgan), V.Xadzipanakis(4), M.An (2), G.Krasnitskiy (1), Y.Pshenichnikov (darvozabon) qatnashgan. “Paxtakor” terma jamoasi tarkibi-da yetakchi futbolchilar yetishib chiqqan. A. Azizxо‘jayev, X. Rahmatullayev, S. Semyonov, B. Abduraimov, Maqsud Sharipov, G.Krasnitskiy va boshqalar xaqida ma’lumot-lar, Paxtakorning chet el safarlari natijalari xaqida E. Avanesov о‘z kitobida qiziqarli ma’lumotlar, noyob rasmlarni berib, kelajak yoshlari uchun qimmatli meros qoldirganligini e’tirof etish lozim bо‘ladi. 1979 yil 11 avgustda aviohalokatda Paxtakorning deyarlik barcha yetakchi futbolchilari xalok bо‘lgan. Ularning xotirasiga bag‘ishlab kuchalar nomi berilgan. Shuningdek xar yili xotira turnirlari о‘tkazib kelinmokda.
Umuman olganda “Paxtakor” О‘zbek xalqi qalbidan chuqur о‘rin egallagan va о‘z an’analarini davom ettirmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |