O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Suzish bilan mustaqil shug‘ullanish yо‘llari



Download 1,07 Mb.
bet60/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

Suzish bilan mustaqil shug‘ullanish yо‘llari

Qishloq sharoitlarida bolalar ariq, kanal va kо‘lmaklarda о‘z hollaricha chо‘milishib suzishni о‘rganishadi. Shahar va qishloq sharoitlarida suvli joylarida (hovuz, kanal, ariq, kо‘l, va suv omborlari va hakoza) kо‘pincha katta yoshdagi kishilar yolg‘iz ravishda yoki oila, tengdoshlari bilan birgalikda kо‘ngil ochish, dam olish, hordiq chiqarish, sog‘liqni mustahkamlash, jismonan chiniqish maqsadida mustaqil ravishda shug‘ullanadilar. Buning uchun albatta suzish usullarini о‘rganishga tо‘g‘ri keladi. Shu sababdan mustaqil shug‘illanishda suzishda qо‘llaniladigan oddiy va murakkab texnik mashqlar va tegishli vositalardan foydalanish zarurdir.

Shahar sharoitlarida suv havzalari, kо‘llar, tez oqar katta ariqlar (kanallar) da о‘smirlar, yigitlar va katta yoshdagi kishilar yozning issiq paytlarida deyarli xar kuni chо‘milishadi. Bunda suvga sakrash, kalla tashlash, suv tagida uzoq suzish (turish) qirg‘oqlarga tez borib qaytish va h.k. turlar bо‘yicha baxslashadilar. Suzish usullarini yaxshi bilmagan va ba’zi hastaliklari (tomir tortishi, qо‘yonchik, asab va h.k) bor kishilar suvga chо‘kishi oqib ketishi mumkin. Buning oldini olish uchun doimo о‘rtoqlar, birga borishgan kishilar yoki kuzatib turganlar hushyorlikni qо‘ldan boy bermasliklari lozim bо‘ladi.

Suvda chо‘kkanda yaxshi suzuvchi yoki maxsus qutkaruvchi chо‘kkan kishining qо‘ltig‘idan ushlab, iyagini kо‘tarib uni qutqarishi lozim. Quruqlikka chiqarib, chо‘kkan kishi behush bо‘lsa uning og‘zini ochib latta yoki boshqa buyumni jag‘iga qistirish (tishlatish), tilini qо‘l bilan oldinga tortish (rо‘molcha ushlab) lozim. Keyin uning og‘ziga puflab kо‘krak qafasini 2-3 marta qisib harakat qilishlari kerak bо‘ladi.

CHо‘kkan kishi suv yutgan bо‘lsa, tizzaga uni qorni bilan yotqizib siltash (og‘zi ochiq bо‘lishi kerak), oyoqlarini qisman yuqoriroq kо‘tarish lozim. U tezda hushiga kelavermasa yoki og‘ir ahvolda bо‘lsa, zudlik bilan yaqin oradagi shifoxonaga yetkazish kerak bо‘ladi.

О‘rta-maxsus о‘quv yurtlarining о‘quvchi talaba-yoshlari eng avvalo suzishning u yoki bu turini yaxshi о‘rganishlari, bolalarga ham о‘rgatish yо‘llarini bilishlari lozim. Eng muhimi shundaki, suvga chо‘kayotganini qutqarish va unga birinchi tibbiy yordam berish usullarini puxta о‘zlashtirish kerak. Umuman olaganda suzish ijtimoiy turmush va sport olamida о‘ziga xos hususiyatlarni mujasammlashtirgan tarbiyaviy sog‘lomlashtirish, chiniqtirish kabi muhim jarayonlaridan iboratdir.

Suzishning amaliy (tayanch) hususiyatlari ham mavjud bо‘lib, u asosan qutkarish stansiyalari, harbiy qismlar va daryo, kо‘l, suv ombarlaridagi mehnat jarayonlarida keng qо‘llaniladi.

Xulosa о‘rnida aytish mumkinki suvda suzish usullarini egallash xar bir talabaning burchi bо‘lishi lozim. Suzish orqali sog‘lomlashtirish, jismoniy chiniqtirish, mudofaa va maxsus yо‘naltirilgan sohalarda muhim ahamiyatga egadir. Shu bilan birgalikda ba’zi hastaliklarni (asab, charchash, kam harakatchanlik, zaif va h.k) davolashda ham muhim omil sifatida hizmat qiladi.



Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish