O'zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Yuklamani oshirib borishning tadrijiyligi va yuqori yuklamalarga yо‘nalish birligi



Download 1,07 Mb.
bet27/90
Sana25.01.2022
Hajmi1,07 Mb.
#410179
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90
Bog'liq
Jismoniy tarbiya va sport 2021

Yuklamani oshirib borishning tadrijiyligi va yuqori yuklamalarga yо‘nalish birligi. Dunyodagi eng kuchli sportchilarning tayyorgarlik tajribasi (yuguruvchilar, suzuvchilar, eshkakchilar, velospedchilar va b) kо‘rsatadiki, sportdagi buyuk yutuqlarning kо‘pchiligi asosida faqat yuqori darajadagi mashg‘ulot va musobaqa yuklamalari yotadi. Demak, sport yutuqlari yо‘lidagi har bir yangi qadam mashg‘ulot yuklamalarining yangi darajasini ham kо‘zda tutadi.

Mazkur tamoyilni rо‘yobga chiqarishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:

1.Sport muvaffaqiyatlarining о‘sishi alohida mashg‘ulotlarda, shuningdek, hafta, oy, yil va butun kо‘p yillik mashg‘ulotlar davomida yuklamalar hajmi hamda shiddatini og‘ishmay tobora orttira borish tufayligina sodir bо‘ladi.

2. Sportchining funksional imkoniyatlari jiddiy ortishini ta’minlash uchun uning shug‘ullanganlik darajasi, alohida xusu-siyatlari, tanlangan sport turining о‘ziga xos jihatlari, mashg‘ulot jarayonining bosqichi va davriga muvofiq ravishda mashg‘ulotga vaqt-vaqti bilan eng yuqori yuklamalarni kiritib turish lozim.

3.Sportchining mashqlanganlik darajasi ortgan sayin yuklama «maksimumi» ham oshib borishi kerak, chunki ilgari «maksimum» bо‘lgan yuklama endi oddiyga aylanib, organizmning funksional qobiliyatlari о‘sishiga yordam bermay qо‘yishi mumkin.

Yuklama о‘zgarishlarining tо‘lqinsimon va variantliligi. Sport natijalarining о‘sib borishi bajariladigan yuklamaning kattaligi va davomiyligigagina emas, uning variantliligi, о‘zgaruvchanligiga ham bog‘liqdir.

Ma’lumki, bir meyorli, bir tusli yuklama, hatto uncha yuqori darajada bо‘lmasa ham, sportchini variantli yuklamaga qaraganda tezroq toliqtiradi. Shuning uchun mashg‘ulot jarayonida mashg‘ulot yuklamalarini, uning hajmi va shiddati о‘lchamlari dinamikasini muayyan tarzda о‘zgartirib turish zarur, shunda sportchining shug‘ul-langanlik darajasi muntazam о‘sib boradi.

Yuklamalar dinamikasining quyidagi shakllari, variantlari mavjud:

1. Yuklamalarning tо‘lqinsimon о‘zgarishi. Bunda yuklamalar tobora ortib boradi, avval keskin о‘sib, keyin kamaytiriladi, shundan sо‘ng bu «tо‘lqin» yana yuqoriroq darajada takrorlanadi. Tо‘lqinsimon tebranishlar yuklamaning hajmi о‘zgarishiga ham, shiddati о‘zgarishiga ham birdek xosdir. Umumiy yuklama о‘zgarishlarining har bir «tо‘lqini» bunda gо‘yo hajm о‘zgarishi va shiddat о‘zgarishi «tо‘lqin» lariga ajralib, ular vaqt jihatidan bir-biriga mos tushmaydi.

Dastlab yuklama hajmi ortadi, bu vaqtda shiddat past sur’atlarda о‘sib boradi, keyin, ma’lum barqarorlashuvdan sо‘ng hajm kamaya boradi, shiddat esa ortadi. Yuklamalarning bunday о‘zgarishlari mashg‘ulot jarayonining turli bosqichlari, davrlarida uchraydi. Bir necha toifadagi «tо‘lqinlar» ajratiladi:

a) kichik tо‘lqinlar, mashg‘ulot mikrotsikllaridagi yuklamalar о‘zgarishini tavsiflaydi;

b) о‘rtacha tо‘lqinlar, mashg‘ulot mezotsikllaridagi yuklamalar о‘zgarishlarini ifodalaydi;

v) katta tо‘lqinlar, mashg‘ulot makrotsikllaridagi (yarim yillik, yillik, kо‘p yillik) yuklamalar о‘zgarishini tavsiflaydi.



2.Yuklamalarning tо‘g‘ri chiziqli - о‘sib boruvchi о‘zgarishi. Bu holda yuklamaning hajmi ham, shiddati ham asta-sekin, bir vaqtning о‘zida, muvoziy (parallel) tarzda ortib boradi. Masalan, mashg‘ulot, hafta, oy sayin mashg‘ulot yuklamasi о‘sib boradi. Amaliyotning kо‘rsatishicha, mashg‘ulotlarning dastlabki yillarida hajmning yiliga 30-45%, shiddatning esa 15-20% gacha bir meyorda о‘sishi mumkin va maqsadga muvofiq hisoblanadi.

3.Yuklamalarning pog‘onali о‘zgarishi. Bunda yuklamalarning о‘sishi ularning bir necha mashg‘ulot davomida nisbatan barqarorlashuvi bilan almashinib turadi. Bu mashg‘ulot ishiga moslashuv jarayonlari borishini yengillashtiradi. Bir pog‘onadan ikkinchisiga о‘tish chog‘ida yuklamalar tо‘g‘ri chiziqli о‘sishga qaraganda ancha keskin о‘zgaradi. О‘zgarishlarning bunday shakli katta yuklamalarni ham о‘zlashtirishga imkon beradi.

4. Yuklamalarning sakrash yо‘li bilan о‘zgarishi. Bu holda yuklama mashg‘ulotning ayni bosqichi uchun imkon darajasida bо‘lgan maksimumgacha keskin orttirilib, keyin xuddi shunday keskin tarzda muayyan darajaga tushadi. Yuklamalarning о‘sishidagi ”sakrashlar” organizmning funksional va moslashish imkoniyatlariga eng yuqori talablar qо‘yadi. Ular mashqlanganlik darajasini oshiruvchi muhim omil hisoblanadi. Lekin bunday “sakrashlar” sportchi ularga avvaldan tayyorlanib borgan bо‘lsagina о‘zini oqlaydi. Aks holda yuklamalarni о‘zgartirishning bunday shakli salomat-likka, sport natijalarining о‘sishiga salbiy ta’sir qiladi.

Yuklamalarni о‘zgartirishning u yoki bu shaklini qо‘llash mashg‘ulot oldiga qо‘yilgan maqsadlarga, sportchining yoshi va malakasiga, sport ixtisosligi, mashg‘ulotning bosqichi va boshqalarga bog‘liq.

Mashg‘ulot jarayonining siklliligi. Sikllilik deganda mashg‘ulot jarayonining (darslar, bosqichlar, davrlar) vaqt davomida navbatma - navbat takrorlanadigan alohida xalqalarining nisbatan yakunlangan aylanma harakati tushuniladi.

Mazkur tamoyil mashg‘ulotni tashkil etishda amalga oshiriladi. Uning mohiyati shundaki, butun mashq jarayoni - uning eng oddiy xalqalaridan (alohida dars) kо‘p yillik mashg‘ulotlarning bosqichlarigacha - hammasi sikllar shaklida tuzilishi kerak. Sikllar quyidagicha farqlanadi:

1) kichik mashg‘ulotlar yoki mikrotsikllar; ularning davomiyligi 2-3 kundan 7-10 kungacha;

2) о‘rtacha mashg‘ulotlar yoki mezotsikllar; ularning davomiyligi 3 haftadan 5-6 haftagacha;

3) katta mashg‘ulotlar yoki makrotsikllar; ularning davomiyligi 3-4 oydan 12 oygacha va undan kо‘proq (masalan, yarim yillik, yillik va tо‘rt yillik (olimpiada) sikllari).

Har bir yangi sikl avvalgisining davomi, rivoji hisoblaadi. Sikllar mashg‘ulotning vazifalari, vosita va usullari, mashg‘ulot va musobaqa yuklamasining kattaliklarini tizimlashtirishga, mashq jarayonini eng maqbul tarzda ta’minlashga imkon beradi.


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish