Oʻzbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Sport mashg’ulotini davrlash



Download 62,19 Kb.
bet4/14
Sana31.12.2021
Hajmi62,19 Kb.
#259830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Muhammadiyev Muhammad

1.1.Sport mashg’ulotini davrlash.

Наr bir va bir muncha xususiy jihatlarga ega bo‘la oladi. Masalan, yaqin mashg‘ulotda o‘zlashtirish uchun muayyan elementlar haqida gapirish, keyingi toifadagi yangi dasturning o‘zlashtirilishini rejalashtirish ham mumkin.

Vazifalaming miqyosi, ularning xilma-xil xususiyatlariga qarab mashg'ulot jarayonini muddati turlicha bo‘lgan vaqt kesmalariga:

bir mashg‘ulot darsidan boshlab, 4 yil davom etadigan Olimpiya

sikligacha ajratish mumkin. To‘rt yillikning har bir yillik sikli о‘z

yo‘nalishiga ega bo‘ladi. Birinchi - «olimpiadadan keyingi» sikl majburiy dasturning almashtirilishi, yangi «kelajak rriodellari»ning ishlab chiqilishi kabi xususiyatlarga ega. Ikkinchi sikl erkin dasturning yangilanishi, olimpiadaga tayyorgarlik rejalarining tahrirqilinishi yilidir; uchinchi sikl - model - nazorat sikli. Yakuplovehi sikl rejasining texnik-taktik variantlari tekshiriladi. To'rtinchi sikl «Olimpiada yili», olimpiada o‘yinlariga bevosita tayyorgarlik va ularda ishtirok etish. Olimpiada to‘rt yilligi xususiyatlarini e’tiborga olish faqatgina mamlakat terma jamoasi a’zolariga taalluqli emas. Olimpiya sikllarining yo‘nalishi hatto kichik razryadli gimnastikachilarning tayyorgarligi mazmunida ham o‘z aksini topadi. Har bir yangi katta Olimpiya sikli bilan, odatda, kichik razryadlarda majburiy dastur almashadi; musobaqa qoidalari, tasniflar, sport maktablari dasturiari va

hokazolarga o‘zgarishlar kiritiladi.Yillik mashg’ulotlar sikli ikkita yarim yillik sikldan iborat bo‘lib, ularning har biri tayyorgarlikning tayyorlov, musobaqa va o‘tish davrlarini ko‘zda tutadi. Gimnastikachilar, ayniqsa, kichik razryadli sportchilarning mashg‘ulotlarida, keyingi razryadning yangi dasturini o‘zlashtirib olish uchun uzoq vaqt zarur bo‘lsa, tayyorlov davri 6-8 oygacha uzaytirilishi, shunda butun sikl bir yil davom etishi mumkin. Lekin ko‘pincha yarim yillik sikllar rejalashtiriladi. Ularning har biri sport taqvimiga shunday muvofiqlashtmladiki, natijada har sikldagi tayyorgarlik yirik musobaqalarda ishtirok etish bilan yakunlanadi.

Mamlakat miqyosida bu 0 ‘zbekiston kubogi va 0 ‘zbekiston chempionati (bir holatda hududiy belgiga, ikkinchisida — idoraviy belgiga ko‘ra). Xuddi shu tamoyil asosida quyi tashkilotlarning taqvimi ham tuziladi.Tayyorlov davri mashg‘ulotlariga xos vazifalar yangi mashqlarni o'zlashtirish, dasturni yangilash, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini ko'tarishdan iborat. Musobaqa davrida musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko'rishga yo‘naltirilgan vazifalar: kombinatsiyalami butun holda takomillashtirish, musobaqa sharoitlarini modellovchi sharoitlarda o ‘z chiqishlarining taktik variantlariga ishlov berish va boshqalar hal etiladi. Musobaqalarda ishtirok etish ham shu davr tarkibiga kiradi.

O‘tish davri sport takomillashuvining yangi pog'onasiga o‘tish uchun organizmning faol tiklanishini ko'zda tutadi. Shu maqsadda UJT vositalari, tabiiy omillar va profilaktik tadbirlar qoilaniladi.Mashg‘ulotning har bir davri o 'z mazmuniga ko'ra bir turli emas. Mashg'ulotning mazkur davridagi xilma-xil vazifalar ko'pincha bir vaqtda emas, balki navbati bilan asta-sekin amalga oshiriladi, bu esa unda bir necha bosqichning (mezosikllarning) mavjud bo'lishini taqozo etadi. Bosqichlar miqdori va ularning yo'nalishini aniqlashda pedagogik vazifalar eng muhim ahamiyatga ega.Shu sababli tayyorlov bosqichi uchun o'quv yo'nalishidagi bosqichlar: yangi dasturni o'zlashtirish bosqichi, erkin dasturni yangilash bosqichi, dasturni takomillashtirish bosqichi xos bo'lib qoladi. Musobaqa davrida dasturni barqarorlashtirish bosqichi, musobaqalaroldi tayyorgarligi bosqichi («bevosita», «yakunlovi») ajratiladi. Nihoyat, musobaqalarda ishtirok etish bilan bog'liq bo'lgan amalga oshirish bosqichi.

Masalan, yarim yil davom etadigan tayyorlov davrida har biri 2-3 oylik ikki-uch bosqich bo'lishi mumkin. Yarim yillik siklda tayyorlov davri bor-yo'g'i 2-3 oy bo'ladi. Muvofiq ravishda bosqichlarning miqdori ham, davomiyligi ham qisqaradi (har biri 1—1,5 oygacha). Tayyorlov davri va uning alohida bosqichlari nazorat hamda

hozirlovchi musobaqalar bilan yakunlanishi ham mumkin. Asosiy musobaqalar esa musobaqa davrini yakunlaydi. Mashg'ulot siklini tashkil etishning keng tarqag:an variantlaridan biri uni bitta musobaqa bilan emas, bir-biridan 1 haftadan 1-1,5 oygacha oraliq muddat bilan o‘tkaziladigan musobaqalar seriyasi bilan yakunlashdir. Tabiiyki, musobaqalar orasidagi vaqt mobaynida mashg‘ulotning tayyorlov davri uchun xos ishlarni avj oldirishdan ma’no yo‘q. Bunday hollarda «ikkilantirilgan» yoki «uchlantirilgan» musobaqa davri tashkil etiladi, aniqrog‘i uning bevosita hamda уakunlovchi musobaqalar oldi tayyorgarlik bosqichlari (mezotsikllari) takrorlanadi. O‘tish davri vaqt nuqtai nazaridan uncha uzoq davom etmasa-da, lekin unda ham musobaqa davrining jiddiy yuklamalaridan keyin faol tiklanish bosqichini hamda umumjismoniy, funksional tayyorgarlik yo‘nalishlari yaqqol ko‘zga tashlanadigan «jalb etuvchi» va «ko‘maklashuvchi» mashg‘u!otlar bosqichini ajratish mumkin.


Download 62,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish