Kurs ishining maqsadi.
1. Sport faoliyatini o’rganish.
2. Sport mashq jarayonarini o’rganish.
3. Sport musobaqalarini o’rganish
4. Sport texnikasi, tavsifi va samaradorlik ommillarini o’rganish
Kurs ishining vazifalari.
Mashg’ilotlarni davrlash bo’yicha adabiyotlarni taxlil qilish.
O’quv mashg’ulotlari sikllarini yoritib berish.
I.BOB. Mashg’ulotni rejalashtirish
Rejalashtirishning mohiyati ko‘p sonli vazifalami vaqt bo‘yicha oqilona taqsimlashdan iboratdir. Zamonaviy sport o’sishi sur’atlari tayyorgarlik jarayonining ilmiy-usuliy ta’minlanganlik darajasi, o‘rganish predmeti hisoblangan dasturning murakkabligi, musobaqalar taqvimiga bog‘liq. Vaqt omili sport formasi, mashqlanganlik holatiga erishish muddatlarini belgilash asoslarini ham tashkil etadi. Shubhasiz har bir sportchining o‘sish sur’atlari uning qobiliyatlari va iste’dodi bilan belgilanadi. Sport tayyorgarligi –murakkab, ko’p yillik jarayon bo’lib, unda bir –biriga bog’liq jarayonlar mujassam etilgan: oliy toifali sportchilarni tayyorlash, sport zaxiralarini shakillantirish hamda jismoniy tarbiya –sport va sog’lomlashtirish
kabi ommaviy ishlarni amalgam oshirish zarur bo’ladi. Oliy malakali sportchilarni tayyorlash muayan sport turning barcha ommillari buyicha tayyorgarlik oliy darajasini bildirib, nazorat normativlari kompleksi va model tavsiflari darajasida ommaviy sport rezervlar tayyorgarligiga, effiktiv vosita va usullar, murabbiylik va musobaqaviy yuklamalar intensivligi, sport o’yinlari ommaviyligi, mashg’ulotlarga keng ommaning jalb etilishiga ta’sir etadi. Sport zaxiralarini tayyorlash, bir tomondan to’laligicha yuqori muvaffaqiyatlar sportiga qaratilgan, chunki oliy toifadagi komandalar sportchilari model tavsiflariga javob beruvchi ko’rsatkichlar bo’yicha yosh sportchilarni tayyorlashga qaratilgan. Unga yo’nalishda, ko’p yillik mashg’ulotlar davomida yosh sportchilar javob berishi lozim bo’lgan talablar belgilanadi. Boshqa tomondan, sport rezrvlari tayyorgarligi jarayoni, jismoniy tarbiya–sog’lomlashtirish va sport ishlarining ommaviy turlari bilan shug’ullanuvchi umumta’lim maktablari, o’rta maxsus o’quv muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan chambarchas bog’liq. Keng omma jalb etilgan holda ommaviy sport mashg’ulotlari ummumta’lim muassasalari majburiy o’quv mashg’ulotlari jarayonida qurolli kuchlar safida xizmat jarayonida va yashash joyi va ishlab chiqarishda jismoniy tarbiya sog’lomlashtirish va sport –ommaviy ishlari turlarida to’lov asosida amalga oshiriladi. Aloxida olingan har –bir uchta asosiy qismdan biri, alohida mustaqil tizim sifatida ko’rib chiqiladi. Bunday holatda, uning tarkibida shaxsiy butun tizim tarkibida bir –biriga bog’liq bo’lgan tub tizim va elementlardan tashkil topadi. Sportchilarni tayyorlash tizimi modelini qurishda prinsipial yondashuv sport o’yinlari materiallari asosida tasvirlanish mumkun.
Do'stlaringiz bilan baham: |