Oʻzbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi



Download 62,19 Kb.
bet5/14
Sana31.12.2021
Hajmi62,19 Kb.
#259830
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Muhammadiyev Muhammad

1.2.Mikrosikl

Mashg‘ulot bosqichining tarkibiy birligi. Haftalik Mikrosiklar eng keng tarqalgan, lekin ular bir haftadan kamroq ham, ko'proq ham bo‘lishi mumkin. Mikrosiklning vaqt doirasi mazkur tayyorgarlik bosqichi uchun xos boMgan vazifalar majmuasini hal etishga yo‘naltirilgan mashg‘ulot faoliyatining bir marta bajarilishi bilan aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiy va erkin dastur asosidagi ko‘pkurashning barcha turlari ustida ishlaganda, jismoniy tayyorgarlik, xareografiya, batut, akrobatika va mashg‘ ulotning boshqa vositalari, shuningdek, gimnastikachining tiklanishi yetti kun davom etadi. Agar xuddi shu ish uch mashglulot kunida bajarilsa unda ikkilantirilgan haftalik Mikrosikl ustida so‘z yuritish mumkin. Haftalik mikrosikl ancha maqsadga muvofiq, chunki u hajm va muddatiga ko'ra kichik, o‘rta hamda katta yuklamalami «yengillashtiruvchi» kunlar bilan oqilona uyg'unlashtirish, ulaming o'zgarishlarini (o‘sishlarini) mashg‘ulotning umumiy qonuniyatlari va tamoyillariga hamda jamiyat hayotining umumiy tarziga bo‘ysundirish imkonini beradi. Agar gimnastikachining tayyorgarlik darajasini tavsiflovchi koTsatkichlarni va tayyorgarlikning mazkur bosqichi vazifalarini taqqoslaydigan bo'lsak, Mikrosiklning rejalashtirish zanjirida

eng axborotlarga boy halqa ekanligi ma’lum bo‘ladi. Chindan ham bir kunning ko‘rsatkichlari bo'yicha gimnastikachining tayyorligi hamda uning mashg'uloti yo'nalishlari to'g'risida fikr yuritish mumkin emas. Mashg'ulot mazmunini MikrosikI kunlari asosida tahlil etish mashg'ulotning qo'yilgan vazifalarga nechog'lik muvofiqligi to'g'risida to'la tasavvur xosil qiladi. Tayyorgariikning joriy vazifalariga muvofiqlik darajasi va qandaydir «maqsadli» Mikrosiklga munosabatiga ko'ra mashg'ulotning bir necha tipik Mikrosikllarini ajratib ko'rsatish mumkin.

Jalb etuvchi mikrosikl dam olishdan keyin musobaqalarda ishtirok etish bilan bog'liq ravishda yoki mashg'ulotning bu davri yoki bosqichidan keyingisiga o'tish vaqtida rejalashtiriladi. Yuklama tobora oshirib boriladi, gimnastikachilar o'z mashqlarini «yodga oldilar» va h.k. Asosiy (bazaviy, qo ‘llab-quvvatlovchi) mikrosikl mashg'ulotni uzoq muddat davomida ishchilik qobiliyati ko'rsatkichlarini pasaytirmagan holda (2-3 hafta) bir xil darajada o'tkazishga imkon beradigan eng maqbul yuklama zarbdor Mikrosik yuklama oshirilib, gimnastikachi imkoniyatlarining va ishonchliligi rivojiga rag'bat berish uchun qo'llaniladi. Tiklovchi mikrosikl Katta zo'riqishlardan so'ng dam olish maqsadida yuklama ancha kamaytiriladi (zarbdor yuklama, musobaqalardan keyin). Model Mikrosikl mashg'ulot yuklamasi va mazmuni oldindagi musobaqalar uchun xos bo'lgan sharoitga yaqinlashtiriladi, ularning jadvali va o'tkazilish tartibiga muvofiq ravishda rejalashtiriladi. Ruhan tayyorlovchi Mikrosikl Bevosita musobaqalar oldidan gimnastikachilarni ularga har tomonlama maqbul tarzda, shu jumladan, ruhiy jihatdan ham tayyorlash maqsadida rejalashtiriladi. Yuklama (mashg'ulot hajmi va shiddati) kamayadi, lekin ruhiy zo'riqish holati oshadi.Musobaqalar o‘tkaziladigan joy boshqa vaqt mintaqasida yoki

boshqa iqlimiy sharoitlarda bo'Isa, bu yerga kelganda moslashtiruvchi Mikrosikl rejalashtiriladi. Mikrosikllar aralash turli ham bo‘lishi mumkin. Masalan, zarbdor model Mikrosikllar yuklamaning taqsimlanishi kunlar bo‘yicha musobaqalar jadvaliga qat’iy muvofiq tarzda, lekin musobaqa yuklamasiga qaraganda elementlar hamda kombinatsiyalar miqdoriga ko‘ra murakkab.
Har bir bosqichda mashg‘ulotlarning rejalashtirilishini mikrosikllarning navbat almashinishini aniqlash sifatida tasavvur mumkin.Yuklamaning rejalashtirishning umumiy qonuniyat hamda mikrosikllar turlarini yaxshi bilgan holda mashg'ulot jarayonini bundan ham oqilona boshqarsa bo‘ladi. Mikrosiklning har bir kuni o‘z yo‘nalishiga ega bo'lib, u mikrosikl yo'nalishiga o'xshash. Mashq kuni yuklama xususiyatiga jalb etuvchi Mikrosiklning yuklamalari yuqori bo’lgan kunlariga hozirlovchi bo’lishi ahamiyat jihatidan o'rtacha ekanligi tavsiflanadi. Zarbdor mashg'ulot kunida yuklama eng yuqori darajagacha yetkaziladi. Tahrirlovchi mashg'ulot kuni yuklama jihatidan jalb etuvchi hamda asosiy, asosiy hamda zarbdor mashg'ulotlararo oraliq holatni egallash, Mikrosiklda rejalashtirilgan yuklamaning umumiy hajmiga qo'shimcha vazifasini bajarmoqda. Mikrosiklning tiklovchi kuni faol va nofaol dam olishga yoki kichik yuklamali mashg'ulotlarga bag'ishlanadi.Mashg'ulot kuni darslardan tashkil topadi. Bir Mikrosikldagi mashg'ulotlar va darslar miqdori mos kelmasligi mumkin, chunki, bugungi kunda gimnastikachilarni tayyorlash tizimi kuniga ikki, marotabalik darslami ko'zda tutadi.


Download 62,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish