Bog'liq 26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2
jadidchilik harakati (arabcha jadid – yangi) vujudga kelib,
ular tomonidan yangi maqomga xos maktablar tashkil qilingan.
Jadidchilar dasturi ta’lim tizimini islohot qilishga qaratilgan bo‘lib,
quyidagi vazifalarni o‘z oldiga qo‘ygan edi: yoshlarga amaliy ahamiyatga
ega bo‘lgan bilimlarni berish; ta’lim sohasida, musulmon maktablaridan
farqli o‘laroq, o‘qitishning yangi zamonaviy shakllarini qo‘llash. Yangi usul
maktablarida o‘rta asr individual o‘qitishdan sinflardagi dars tizimiga
o‘tilgan. Sinflarda geografik xaritalar, globuslar va boshqa ko‘gazmali
qurollar paydo bo‘lgan, darslar orasida tanaffuslar kiritilgan, o‘quvchilarni
urib jazolash bekor qilingan. Shunga o‘xshash barcha o‘zgarishlar katta
ahamiyatga ega bo‘lgan.
40
Hoshimov K., Nishonova S., va b. Pedagogika tarixi. T.:”O’qituvchi”, 1996.- 274 b.
150
Biroq bu maktablarda ham jismoniy tarbiya darslari muntazam
o‘tkazilmagan, faqatgina tanaffuslarda o‘qituvchilar rahbarligida harakatli
o‘yinlar tashkil qilingan.