Olimpiya o‘yinlari –
bu individual va jamoaviy sport turlari bo‘yicha
mamlakatlar o‘rtasida emas, balki sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan
musobaqalardir. Olimpiya o‘yinlari
–
har 4 yilda bir marta XOQ
rahbarligida o‘tkaziladigan eng yirik xalqaro kompleks sport
musobaqalaridir.
Mazkur tushunchalar yig‘indisi olimpiya harakatining va ularning
tashkiliy shakllaridan ajiralib turadigan xususiyatlarini aks ettiradi.
Olimpiya harakati alohida ma’naviy asosga ega.
Olimpiya Xartiyasida olimpizm tushunchasining ma’nosi yoritib
berilgan. Olimpizm tushunchasini keng ma’noda ifodalash uchun unga
quyidagi ta’riflarni ham berish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |