O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Doping muammosi
1950-yillarda paydo bo‘lib, bugungi kunda sport 
harakatining eng dolzarb muammolaridan biriga aylangan. “Doping” so‘zi 
ingilizcha “dops” so‘zidan olingan bo‘lib, narkotik berish degan ma’noni 
bildiradi. 
Sportdagi doping – jismoniy va psixologik ishchanlik qobiliyatini 
rag‘batlantirish orqali yuqori sport natijalariga erishish maqsadida 
qo‘llaniluvchi farmakologik preparatlar va usullardir. 
Doping (ingl. dope – og‘u, narkotik) preparatlari katta sportga 
ko‘rsatkichlarni sun’iy ravishda oshirish maqsadida qo‘llanilgan. Sport 
natijalarni oshirish maqsadida qilinadigan har xil psixologik ta’sirlar ham 
doping turiga kiradi. Shunday qilib, sportchilar organizmiga har xil usullar 
bilan bevosita musobaqalar oldidan va musobaqalar davomida sun’iy 
ravishda ish qobiliyatini va sport natijalarini oshirish uchun har xil 
moddalarni yuborish-doping qabul qilish hisoblanadi. Bu holda sportchi 
musobaqalarda qatnashishi qat'iyan man etiladi. 
1962-yil Moskvada bo‘lib o‘tgan XOQ sessiyasida maxsus rezolutsiya 
qabul qilingan. 1968-yildan boshlab Olimpiya o‘yinlarida doping nazorati 
kiritilgan. XOQ va Jahon Doping nazorati Assotsiatsiyasi tomonidan doping 
iste’mol qiluvchi sportchilarni yanada qattiqroq nazorat qilish choralari 
ishlab chiqilgan.
1970-2005-yillar orasida har xil sport turlarida jiddiy, fojiaviy 
hodisalar hisobga olingan. IX Panamerika mintaqaviy o‘yinlarda AQShning 
13 ta yеngil atletikachisi doping ishlatganligi uchun o‘yinlardan 
chetlatilgan. XII Osiyo o‘yinlarida (Xirosima, 1994) 11 ta Xitoy sportchisi 
man etilgan gormonal preparatlarni ishlatganligi uchun musobaqalardan 
ozod qilingan.
1998-yilda XOQ sportdagi doping muammosi bo‘yicha xalqaro 
konferensiya o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorni qabul qilgan.
1999-yil 2-4-fevral kunlari Lozanna shahrida sportdagi doping 
muammosi bo‘yicha Xalqaro konferensiya o‘tkazilgan. Konferensiya 
natijasi sportdagi doping to‘g‘risidagi Lozanna konvensiyasining qabul 
qilinishi bo‘ldi. Konvensiyada dopingga qarshi kurashning asosi sifatida 
Dopingga qarshi Kodeks qabul qilinishi kerakligi belgilandi.
Dopingga qarshi Kodeks qoidalari olimpiya harakati doirasida tashkil 
etilgan musobaqalarda yoki ularga tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ishtirok 
etuvchi barcha sportchilarga, murabbiylarga, instruktorlarga, rasmiy 
shaxslarga, sportchilar bilan ishlaydigan butun tibbiy xodimlar personaliga 
qo‘llanilishi lozimligi qayd etildi. 


124 
Dopingni qo‘llaganlik uchun sanksiyalar masalasida eng yеngil jazo 
sifatida – birinchi martasida sportchini barcha musobaqalardan ikki yil 
muddatga chetlashtirish belgilandi.
Dopingga qarshi kurashni XOQ 1999-yil 11-12-dekabr kunlari Lozanna 
shahrida o‘tgan 110 – sessiyasida quyidagi qarorlarni qabul qilish bilan 
davom etdi: 

Olimpiya harakati a’zolarining qasamyodi dopingsiz sport 
to‘g‘risidagi qoidalarni o‘z ichiga olishi kerak. Ushbu qoida ilk bor 2000-
yilda Sidneyda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlarida qo‘llanilgan edi.

Olimpiya o‘yinlariga kiritilish uchun har bir atlet samarali 
doping nazoratini o‘tkazish va sportchi salomatligi holatini kuzatib borish 
imkonini beruvchi “pasport”ga ega bo‘lishi kerak. Bu tizimni WADA joriy 
etishi belgilandi. 

Olimpiya o‘yinlaridagi doping nazorati bo‘yicha masul tashkilot 
sifatida 
XOQ 
atletlarning 
akkreditatsiyasiga 
parallel 
ravishda 
musobaqalardan tashqari doping nazoratini o‘tkazib boradi. Belgilangan 
sanksiyaga qarshi apelyasiya keltirilgan holatlarda V probasi, A probasi 
olingan laboratoriyadan boshqasida amalga oshiriladi.

Olimpiya harakatining Dopingga qarshi Kodeksiga rioya 
qilmaydigan, xususan WADA qoidalariga asosan musobaqalardan tashqari 
doping nazoratini o‘tkazmaydigan sport turlari Olimpiada dasturidan 
chiqarib tashlanadi. 
2003-yil mart oyida Dopingga qarshi kurash Kopengagen 
Deklaratsiyasi qabul qilindi. Uning asosiy maqsadi – Antidoping Kodeksini 
qabul qilish va Butunjahon dopingga qarshi kurash agentligining o‘rnini 
oshirish hisoblanadi. Hozirgi kunda Dopingga qarshi kurash Kopengagen 
Deklaratsiyasi 163 ta davlat hukumati tomonidan tasdiqlangan.
2005-yil 19-oktyabrda Yunesko Bosh Konferensiyasi Parijdagi 33-
sessiyada Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya qabul 
qilindi. Konvensiya xalqaro miqyosda bir-birini tushunish va tinchlikni 
mustahkamlashga yordam berishda ham muhim rol o‘ynashi kerakligini 
ta’kidlandi.
Mamlakatimizda 2010-yil 27-dekabrda “Sportda dopingga qarshi 
kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani (Parij, 2005-yil 19-oktyabr) 
ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunning qabul qilingani yurtimizda sportni 
xalqaro me’yorlar asosida rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi. 
Mazkur qonun yurtimizda sportda dopingga qarshi nazoratni olib borish, 
inson manfaatlari, salomatligi, sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish, 


125 
yosh avlodni jismonan va ma’nan sog‘lom insonlar etib tarbiyalashning 
huquqiy asoslarini yanada mustahkamladi. 
O‘zbekiston Respublikasi “Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida”gi 
Qonunning (Yangi tahriri, 2015) 27-moddasida “Sportda dopingning oldini 
olish va unga qarshi kurashish” masalalariga doir vazifalar belgilangan. 
Mamlakatimizda sportchilarning jismoniy tayyorgarligini oshirish bilan bir 
qatorda ularni halollik, o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik, faqat o‘z kuchi va 
salohiyatiga ishongan holda maqsad sari intilish kabi yuksak ma’naviy 
me’yorlar asosida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ana shunday 
illatlarning oldini olishga xizmat qilmoqda. 
Hozirgi zamon xalqaro sport va olimpiya harakatida qator jiddiy 
muammolar saqlanib qolmoqda. Ulardan biri dopingdan foydalanish, 
ikkinchisi Olimpiya o‘yinlari va boshqa musobaqalarda hakamlikdagi 
odillik masalasidir. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish