Anri de Bae-Latur (1876-1942)
– XOQning uchinchi Prezidenti.
1903-yilda Belgiyadan XOQ a’zosi etib saylangan. Anri de Bae-Latur 1905-
yilda XOQning III kongressini tashkiliy ishlariga katta hissa qo‘shgan.
1906-yilda Belgiya Milliy olimpiya qo‘mitasi ta’sischilaridan biri bo‘lgan.
1920-yilda Antverpenda VII yozgi Olimpiya o‘yinlari Tashkiliy
qo‘mitasining raisi bo‘lgan. 1925-1942-yillarda XOQ Prezidenti etib
saylangan. Bae Latur rahbarligida II, III qishki va IX, X, XI yozgi Olimpiya
o‘yinlari o‘tkazilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |