XOQ tarkibi va asosiy organlari.
XOQning asosiy organlariga –
Sessiya, Ijroiya qo‘mita va Prezident kiradi.
Sessiya
– XOQ a’zolarining umumiy yig‘ilishi bo‘lib, har yili
o‘tkaziladi, olimpiada yilida esa ikki marta chaqiriladi. Sessiya XOQning
oliy organi hisoblanadi va uning qarorlari o‘zgartirilmaydi.
Sessiyani o‘tkazish joyi XOQ tomonidan belgilanadi, navbatdan
tashqari sessiyalarni – Prezident chaqiradi. Sessiyaning kun tartibi o‘tkazish
kunidan bir oy oldin tarqatilishi lozim. XOQ sessiyalarida Olimpiya
xartiyasi muhokamasi, Olimpiya o‘yinlarining tashkiliy masalalari, nomzod
shaharlar muhokamasi, saylovlar o‘tkaziladi.
Ijroiya qo‘mita
sessiyalar o‘rtasidagi davrda XOQ ishlarini boshqarib
boradi. Uning tarkibiga XOQ prezidenti, 4 ta vitse- prezident va 10 ta
qo‘mita a’zolari kiradi va ularning vakolat muddati 4 yil davom etadi.
Prezident
XOQ a’zolari tarkibidan saylanadi. Olimpiya xartiyasi
bo‘yicha XOQ Prezidenti yashirin ovoz berish asosida 8 yilga va yana bir
marta 4 yilga vakolat muddatini uzaytirish imkoniyati bilan saylanadi.
Prezident maxsus hay'atlar va ishchi guruhlar tuzib, uning yordamida XOQ
faoliyatining umumiy strategiyasini ishlab chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |