O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/176
Sana08.02.2022
Hajmi2,55 Mb.
#435907
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176
Bog'liq
26 Zhismoniy madaniyat tarihi va sportni bosharish Zhumanov O S 2

Abu Nasr Farobiy
(873-950). O‘rta asr ijtimoiy-falsafiy fikr 
taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Farobiy nomi bilan bog‘liq bo‘lib, uning 
inson kamoloti haqidagi ta’limoti ta’lim-tarbiya sohasida katta ahamiyatga 
ega.
Mashhur yunon faylasufi Arastudan so‘ng Farobiyni yirik mutafakkir 
– «Muallimi soniy» - «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Abu Nasr Farobiy (to‘liq ismi Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad 
ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Farobiy) Shosh-Toshkentga yaqin Forob degan 
joyda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Farobiy Bag‘dodda matematika, 
mantiq, tibbiyot, musiqa, tabiat, huquq, tilshunoslik, poetika bilan 
shug‘ullandi, turli tillarni o‘rgandi. Ba’zi manbalarda Farobiy 70 dan ortiq 
tilni bilganligi haqida aytilgan. Farobiy ta’lim-tarbiyaga bag‘ishlangan 
asarlarida ta’lim-tarbiyaning muhimligi, unda nimalarga e’tibor berish 


71 
zarurligi, ta’lim-tarbiya usullari va uslubi haqida fikr yuritadi. «Fozil 
odamlar shahri», «Baxt-saodatga erishuv to‘g‘risida», «Ixso-al-ulum», 
«Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari to‘g‘risida» kabi asarlarida 
ijtimoiy-tarbiyaviy qarashlari o‘z ifodasini topgan. 
Farobiy inson kamolotga yolg‘iz erisha olmaydi, boshqalar bilan 
aloqada bo‘lish, ularning ko‘maklashuvi yoki munosabatlariga muxtoj 
bo‘ladi, deb hisoblagan. Bunga Farobiy ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga 
qo‘yish orqali erishish mumkin, degan. Chunki maqsadga muvofiq amalga 
oshirilgan ta’lim-tarbiya insonni ham aqliy, ham axloqiy jihatdan kamolotga 
еtkazadi. Inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini to‘g‘ri bilib oladi va 
hayotda to‘g‘ri yo‘l tutadi, boshqalar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘ladi, 
jamiyat tartib-qoidlariga rioya qiladi. Farobiy ta’lim-tarbiyaning asosiy 
vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat 
qiladigan yеtuk insonni tarbiyalashdan iborat degan.
Farobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. 
Ta’lim – insonga o‘qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya 
– nazariy fazilatlarni, ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo‘lgan axloq 
normalarini va amaliy malakalarni o‘rgatishdir, deb ta’kidlagan.
Farobiyning ta’lim-tarbiya yo‘llari, usullari, vositalari haqidagi 
qarashlari ham qimmatlidir. U insonda go‘zal fazilatlar ikki yo‘l – ta’lim va 
tarbiya yo‘li bilan hosil qilinadi, degan. Ta’lim nazariy fazilatlarni 
birlashtirsa, tarbiya esa tug‘ma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb-
hunar, xulq-odob fazilatlarini birlashtiradi, ta’lim so‘z va o‘rganish bilan, 
tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, degan.
Insonning kamolotga еtishida ham aqliy, ham axloqiy tarbiyaning 
o‘zaro aloqasi muhim ahamiyat kasb etadi. Farobiy tavsiya etgan ta’lim va 
tarbiya usullari hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish