Ommaviy sport.
Aholini ommaviy tarzda qamrab oladigan musobaqalar orqali barcha
ijtimoiy qatlamga mansub aholi vakillari sportga jalb qilinmoqda. Har yili
yoshlar, ishchi va xizmatchilar, madaniyat, huquq-tartibot, mudofaa
xodimlari o‘rtasida “Kamolot kubogi”, milliy o‘yinlar bo‘yicha “Alpomish”
sport musobaqalari, yoshlarning “Shunqorlar” harbiy sport musobaqalari,
ayollarning “To‘maris” sport festivali, nogironlarning “Jasorat-iroda-
g‘alaba” sport musobaqalari, o‘quvchi va talabalarning uzluksiz sport
musobaqalari muntazam o‘tkazilmoqda.
Mamlakatda milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini tiklash, ularni
ommalashtirish va keng targ‘ib etishga alohida e’tibor qaratila boshlandi.
1994-yilda birinchi marta Jizzax viloyatining Forish tumanida I Xalq
o‘yinlari festivali o‘tkazildi. O‘sha davrdan boshlab muntazam ravishda, har
ikki yilda bir marta (1998 yildan “Alpomish” milliy sport turlari va o‘yinlari
festivali nomi bilan) o‘tkazilmoqda. Festivallarda Xalq o‘yinlari bo‘yicha
musobaqalar bilan bir qatorda ilmiy amaliy anjumanlar ham o‘tkaziladi.
1999-yildan esa xotin-qizlar o‘rtasida “To‘maris” milliy sport turlari va
Xalq o‘yinlari festivali ham o‘tkazila boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi «Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida»gi
Qonunining (Yangi tahriri) 20-moddasida “O‘zbekiston milliy sport turlari
va xalq o‘yinlari”ni rivojlantirish belgilab berilgan.
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlari O‘zbekiston
Respublikasining jismoniy tarbiya va sport sohasidagi madaniy merosining
ajralmas qismi, aholida vatanparvarlik va Vatanga muhabbat, xalqaro
175
maydonda
mamlakatning
obro‘-e’tiborini
yuksaltirishga
intilish
tuyg‘ularini tarbiyalash poydevoridir.
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari,
jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari, shuningdek boshqa tashkilotlar:
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini rivojlantirishga har
tomonlama ko‘maklashadi hamda ularni aholi o‘rtasida yoyish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratadi;
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarining xalqaro
maydondagi obro‘-e’tiborini mustahkamlashga ko‘maklashadi.
O‘zbekiston milliy sport turlari va xalq o‘yinlarini Sport va ommaviy
jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritish tartibi qonun
hujjatlarida belgilanadi.
Sportning ommaviy o‘yin turi – futbolni yanada rivojlantirish
maqsadida barcha viloyatlar va shahar markazlaridagi stadionlar qayta
ta’mirlandi, futbol maydonlari rekonstruksiya qilindi, futbol maktab-
internatlari tashkil etildi, futbolni professional klublar tizimiga
o‘tkazilishining asosiy tamoyillari belgilandi.
Mamlakatimizning barcha hududlarida sportning o‘yin turlari qatorida
katta tennis ommaviy ravishda, tez sur'atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat
aholisi o‘rtasida tennisni targ‘ib etish, shug‘ullanuvchilarga tegishli
sharoitlar yaratish maqsadida 1998 yilda Vazirlar Mahkamasining
“O‘zbekistonda tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, bir necha yilda jahon andozalari talablariga javob
beradigan tennis kortlari bunyod etildi, ular negizida turli darajadagi xalqaro
musobaqalar o‘tkazilmoqda.
Jismoniy tarbiya va sportni ommaviy axborot vositalari orqali keng
targ‘ib qilish, uning mohiyatini mamlakat aholisiga еtkazish maqsadida,
Vazirlar Mahkamasining 2003-yilda “Ommaviy sport targ‘ibotini yanada
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, unga
binoan, O‘zbekiston televideniesida maxsus “Sport” kanali tashkil etildi.
Mazkur ishlar sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini ortib borishiga
zamin
yaratmoqda.
Masalan,
2008-yilda
futbol
bilan
shug‘ullanuvchilarning soni 1991- yildagiga nisbatan 80,6 foiz, kurash bilan
shug‘ullanuvchilar esa 89,8 foizga ko‘paygan. 1991-yilda yurtimizda 52
sport turi mavjud bo‘lsa, bugungi kunda 74 ta sport turidan 65 dan ortig‘i
barcha hududlarda keng rivoj topib, ularni ommalashtirish uchun sharoitlar
yaratilmoqda.
176
Yurtimizda o‘zbek kurashi bo‘yicha Jahon chempionati, boks, erkin
kurash, yunon-rum kurashi, shaxmat, pauerlifting va sambo bo‘yicha Osiyo
chempionatlari, taekvondo (ITF) bo‘yicha jahon chempionati, yunon-rum,
erkin va ayollar kurashlari, shaxmat va boshqa ko‘plab sport turlari bo‘yicha
an’anaviy yirik xalqaro turnirlar o‘tkazilmoqda.
Toshkentda “Paxtakor” stadioni qayta rekonstruksiya qilindi, Qarshi
shahridagi “Nasaf” va Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionlari xorijiy
stadionlar bilan teng raqobat qila oladigan talabda tez fursatda qurildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |