Olimpiya madaniyatining ijtimoiy qadriyatlari
jamiyat tomonidan
tarixiy bilimlar, ijtimoiy-ruhiy me’yorlar, sport harakati, olimpizm,
olimpiya harakati, Olimpiya o‘yinlari ko‘rinishida yaratilgan.
Olimpiya madaniyatining tarixiy qadriyatlari
sport tarixi, olimpiya
harakati genezisi to‘g‘risidagi bilimlar, sport, qadriyatlar, me’yorlar
evolyusiyasi, olimpizm ma’nosi to‘g‘risidagi bilimlarning shakllanish
tarixini o‘z ichiga olgan.
Olimpiya madaniyatining tafakkur qadriyatlari
sport faoliyatiga
falsafiy yondashish, sportning insonparvarlik asoslarini ishlab chiqish,
Olimpiya Xartiyasi g‘oyalari asosida olimpiya harakatini rivojlantirishda
ifodalangan.
Olimpiya madaniyatining kommunikativ qadriyatlari
sportni
muloqot vositasi, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sifatida yorqin
namoyon bo‘lib, sport faoliyatining baynalmilalligini aks ettiradi.
Olimpiya qadriyatlari Olimpiya o‘yinlari ramzlarining mazmun-
mohiyati, asosiy tushunchalari orqali boyitiladi va takomillashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |