Ishchi loyihalash. Bu bosqichining vazifasi - mahsulotni doimiy ishlab chiqarish uchun texnologik uskunalarni va jihozlarni tayyorlash.
Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimini joriy qilish bilan loyihalashtirish jarayonining mazmuni o‘zgarmaydi, shunga qaramay loyihalovchining faoliyati avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining tadbiq qilinishi bilan o‘zgaradi. Sababi ishlab chiqaralayotgan mahsulotning avtomatlashtirilgan varianti operator va EHMning o‘zaro mos munosabatda bo‘lishi talab etiladi. Bu esa ish surati va loyiha sifatini oshirishni ta'minlaydi. Avtomatlashtirilgan loyihalash jarayonida operatorga ijodiy funksiyalar yuklanadi. Bulardan biri asosiy yechim variantini tanlashdir. Bu funksiyani formallashtirish qiyin. Bu yerda konstruktorning malakasi va talanti asosiy rol o‘ynaydi. EHMga esa og‘ir va murakkab bo‘lgan ishlarni bajarish topshiriladi. Ularning asosiy ko‘rinishlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
-loyihalovchiga kerakli bo‘lgan ma'lumotlarni mashina arxiviga yig‘ish va saqlash;
-ishlatuvchi talab qilganda axborot ma'lumotlarni qidirish va berish;
-muxandis yaratadigan texnikaviy, konstruktorlik hujjatlarni taxrir qilish;
-grafikaviy hujjatlarni avtomatik ravishda chizish;
-ba'zi bir xususiy algoritmlashgan misollarni yechish, bunday misollar mahsulotni ALT yordamida loyihalashda keng qo‘llaniladi.
-berilgan parametrlar asosida prinsipial sxemaning u yoki bu qismini modellashtirish;
-konstruktorlash bosqichida elementlarni joylashtirish va bog‘lash;
-apparat va qismlarning issiqlik rejimini hisoblash va h.k.
Murakkab tizim deb quyida keltirilgan xossalardan kamida birini o‘zida mujassam etgan tizimga aytiladi.
1) Tizim qismlarga bo‘linishi mumkin va ularni har birini o‘zaro ta'sirini o‘rganish mumkin.
2) Tizimning ishlash sharoitiga atrof muhit ta'sir ko‘rsatadi va muhitning ta'siri tizim parametrlari o‘zgarishini tavsiflaydi.
3) O‘zining harakat yo‘nalishini maqsadga muvofiq tanlab amalga oshiradi.
Standartlashtirish bo‘yicha ishlarni rejalashtirish respublika miqiyosida vazirliklar, mahkamalar, yuridik shaxslar birlashmalari, texnik qo‘mitalar, standartlashtirish bo‘yicha tayanch tashkilotlar, standartlashtirish masalalari bilan shug‘ullanuvchi korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, mahsulotning texnik darajasi va sifatini yaxshilash, yoqilg‘i-energetik boyliklar sarfini kamaytirish, atrof muhitni muhofazalash va tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishda, umuman insonning barcha faoliyat sohalarida standartlashtirishning mavqeini, ahamiyatini oshirish rejalashtirishni muttasil ravishda takomillashtirishni va ilmiy jihatdan asoslashni talab etadi.
Standartlashtirish, birinchi navbatda, barcha darajalarda aholining hayoti, sog‘ligi va mulkiga xavfsizlikni ta’minlash, xalqaro savdoda texnik to‘siqlarni bartaraf etish, xorijiy mamlakatlar bilan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy hamkorlikni ta’minlashga qaratilgan.
O‘zbekiston standartlashtirish davlat tizimi (O‘z SDT) siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda yaratilgan va me’yoriy hujjatlarni xalqaro va me’yorlar bilan uyg‘unlashtirish yo‘li bilan respublikaning jaxon uyushmalariga iqtisodiy qo‘shilishini ta’minlashga yo‘naltirilgan. Bu muhim masalani hal qilishda respublika nomidan O‘zstandart agentligining standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot (ISO) da va Mustaqil Davlatlar Hamkorligi (MDH) mamlakatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha Davlatlararo kengashi (DAK) da a’zoligi ko‘maklashadi.
O‘zbekistonda rejalashtirish standartlashtirishning barcha darajalarida, jumladan:
davlatlararo (MDH ning DAK doirasida);
davlat;
tarmoq;
ma’muriy-hududiy;
korxonalar va tashkilotlar darajasida amalga oshiriladi.
Standartlashtirishni rejalashtirish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
– DAK ning qarorlari;
– O‘zbekiston respublikasining me’yoriy-huquqiy hujjatlari;
– O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirishning rivojlanish (qisqa vaqtli, o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan) istiqbollari;
– ilmiy-texnikaviy istiqbolning kompleks dasturlari;
– standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va mahsulot sifatini boshqarishning rivojlanish konsepsiyalari;
– kompleks standartlashtirish dasturlari;
– O‘zstandart agentligining topshiriqlari;
– davlat boshqaruv idoralari, mahalliy hokimiyat idoralarining topshiriqlari;
– foydalanuvchilarning – manfaatdor tashkilotlarning takliflari.
Do'stlaringiz bilan baham: |