Yo‘l elementlari o‘lchamlari
|
Odatdagi yo‘l turi
(IV toifali)
|
Xarakat tasmasining umumiy soni
|
2
|
Xarakat tasmasi kengligi, m
|
3
|
Yo‘l yoqasi kengligi, m
|
2
|
Yo‘l yoqasidagi chetki tasma kengligi, m
|
0,5
|
Yo‘l yoqasining mustahkamlangan qismi kengligi, m
|
1,0
|
Xisobiy tezlik, km/s
|
80
60
40
|
Hisobiy xarakat jadalligi, kel-gan dona/sut
|
200-2000
|
Bo‘ylama nishablik, ‰
|
15
35
|
Reja va bo‘ylama kesim
|
bo‘ylama nishabliklar
eng ko‘pi bilan,
avtomobilning to‘xtashi uchun ko‘rish masofasi,m rejadagi egrilik radiuslari, m
bo‘ylama kesimdagi egrilik radiuslari, m
qabarikda ;
botiqda
bo‘ylama kesimdagi egrilik uzunligi, m
qabarikda
botiqda
|
30‰
kamida 450
kamida 3000
kamida 70000
kamida 8000
kamida 300
kamida 100
|
Egrilikning eng kichik radiuslari, m
qabariq
botiq
|
10000
3000
|
2-jadval.
Bu jadvalda namuna sifatidi II toifali avtomobil yo‘lining texnik-iqtisodiy ko‘rsatgichlari berilgan.
Avtomobil yoʻlini saqlash ishlari loyihasini ishlab chiqish.
Yoʻlni saqlash ishlaridan asosiy maqsad, yoʻlning qatnov qismini TFK sifatlarini barqaror ushlab turishdan iborat boʻlib, bunda transport vositalarining taʼsiri natijasida paydo boʻladigan nuqsonlar, muzlab koʻpchish, ortiqcha namlanish, tabiiy iqlim taʼsiridan keladigan buzilishlarni yoʻqotishdir. Bular muntazam ishlar sirasiga kirib, ular yoʻllarni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlarning texnika vositalari, moddiy va mehnat resurslari bilan bajariladi. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini saqlashning asosiy vazifasi - yilning istalgan vaqtida avtomobil harakatini uzluksizligini va xavfsizligini taʼminlash shartlari boʻyicha qoʻyilgan talablarga muvofiq, yoʻllarni saqlash va doimiy qarashni taʼminlashdan iboratdir. Avtomobil yoʻlidagi barcha elementlarni va sunʼiy inshootlarni, yoʻlning qatnov qismini, yoʻl poyini hamda yoʻl mintaqasida saqlash ishlarini tashkil qilish ishlari ikki guruhga boʻlinadi. Bahor, yoz va kuz davrida supurish va qoplama chang boʻlishini oldini olish, yoʻl inshootlarni va yoʻl belgilarini oqlash, yoʻl toʻsiqlari, ariqlar va yon ariqchalar, lotoklar, suv oʻtkazuvchi quvurlar, yoʻl oʻtkazgich, koʻpriklarning, tayanch qismini tozalash va yuvish, yoʻl chekkasini chiqindi va begona oʻtlardan tozalash, daraxtlarni butalash va parvarishlash daraxtlarni oqlash, kam hajmli mayda taʼmirlash ishlarini bartaraf etish va h.k. Bahor kelishi bilan barcha turdagi qoplamalar qishki sirpanchiqda ishlatilgan materiallardan tozalanadi. Bugungi kunda saqlash ishlarida zamonaviy universal mashinalarni ishlatish davr talabi boʻlib qolmoqda. Yozda takomillashtirilgan qoplamalarni saqlashda suv sepuvchi mashinalar yoki mexanik chyotkalar bilan tozalashdan iborat boʻladi. Yozda quyosh nuri taʼsirida qoplamaning ayrim joylarida ortiqcha bogʼlovchi materiallar chiqib qolishi mumkin. Bunday uchastkalarga oz miqdorda (0,1 ÷ 0,2 l/m2) organik eritmalar (kerosin, solyarka, moy) bilan ishlov berib, ketidan mayda tosh yoki yirik qum sepiladi va 0,5 soatdan keyin mashina bilan supirib tashlanadi. Kuzda turli qoplamali yoʻl toʻshamalarini saqlash ishlari qishga tayyorgarlik ishlaridan iborat boʻladi: qoplama tozalanib, yoriqlar berkitiladi va qoplama yuzasidagi suvlarning oqib ketishi boʻyicha choralar koʻriladi. Yilning turli faslardagi ishlar qoplama turlariga qarab belgilanadi. Gruntli yoʻllarni saqlash ishlarida yuzani avtogreyder yoki boshqa mashina bilan tekislash va chuqur izlarga grunt tashlab, katok bilan zichlash ishlari amalga oshiriladi. Mayda chaqiq toshli qoplamali yoʻllarda koʻndalang va boʻylama chuqur ishlari yoʻqotiladi, qatnov qismidan suv ketgaziladi, yilning quruq fasllarida chang suv sepish yoki emulsiya bilan bostiriladi. Bahor, yoz va kuzda vaqti-vaqti bilan tekislab qoʻyiladi. Qoplamani loydan tozalash bahor, yoz va kuzda muntazam bajariladi. Yoʻlning qatnov qismini loy boʻlishi, ilashish koeffitsientini pasaytiradi. Chuqurchalarda qolgan loy qurib, chang hosil qiladi. Qoplamani yeyilishi natijasida ham chang hosil boʻladi. Changga qarshi bogʼlovchi materiallar sepiladi. Keyingi vaqtlarda changga qarshi 20 foizli xlor ohagi ishlatilmoqda. Qishgi davr uchun past havo harorati, yuqori havo namligi, yogʼingarchiliklar miqdorining koʻpligi, yaxmalak boʻlish jarayonning tez-tez oʻchrashi, quyoshli kunlar kam boʻlishi, bulutli kunlar koʻp boʻlishi va tez-tez uchraydigan tumanlar, izgʼirinli shamollar boʻlishi xarakterlidir. Qishgi davr yilning boshqa davrlariga nisbatan eng murakkab hisoblanib, buni xisobiy davr deb qabul qilish mumkin. Qish davrida yoʻl sharoiti eng noqulay sharoitda boʻladi. Bu davr uchun yoʻl qoplamasi ustki yuzasining xul, nam, loy, qor qoplagan, yaxmalak, muzlagan sirpanchiq boʻlishi bilan xarakterli xisoblanadi. Bu davr saqlash ishlari kompleks tadbirlarni talab etadi. Bu vaqtda xarakat sharoiti qulayligini va xavfsizligini taʼminlash uchun yuqori darajadagi saqlash ishlarini tashkil qilgan va taʼminlagan boʻlishimiz lozim. Qishgi davrda hisobiy xarakat tezligining taʼminlanganligi saqlash ishlari sifati bilan baholanadi. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qishda saqlashning vazifasi avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini yilning qish davrida uzluksiz va xavfsiz avtomobil xarakatini taʼminlash shartlari boʻyicha yoʻl qoʻyiladigan talablarga muvofiq ularning xolatini doimiy saqlashni taʼminlashdan iborat. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qishda saqlash ishlari tasdiqlangan smetalarga muvofiq butun yil mobaynida avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarining barcha elementlari va inshootlari boʻyicha avtomobil yoʻlining butun uzunligida muntazam ravishda amalga oshiriladi. Avtomobil yoʻllari va yoʻl inshootlarini qishda saqlashga quyidagi ishlar kiradi: qordan doimiy ximoya qilish inshootlari (devorlar, panellar, koʻtarmalar va qorni ushlash toʻsiqlari)ni tayyorlash, oʻrnatish va taʼmirlash, qordan ximoya qilish inshootlariga qarash; vaqtinchalik qorni tutib turadigan qurilmalar (shchitlar, toʻsiqlar va toʻrlar) tayyorlash, oʻrnatish (qayta oʻrnatish), tiklash, yoʻloldi tasmasida qorni tutib qolish uchun qorni ushlash toʻsiqlari va xandaqlar barpo etish xamda ularni vaqti-vaqti bilan yangilab turish; avtomobil yoʻllarini qordan tozalash, avtomobil yoʻllarini qor uyumlaridan tozalash, yoʻl chetlaridagi qorlarni yigʼishtirish, past toifadagi avtomobil yoʻllarining qatnov qismida qor qoplamini qiyalab tekislash va zichlash; qishki sirpanchiqni oldindan aniqlash va prognozlashtirishning avtomatlashtirilgan tizimlarini, shuningdek koʻpriklar, yoʻl oʻtkazgichlar va turli satxdagi yoʻl yechimlarida muzgarchilikka qarshi reagentlarni taqsimlashning avtomatlashtirilgan tizimlarini oʻrnatish va saqlash; qishki sirpanchiqlikka qarshi kurash, muzgarchilikka qarshi materiallarning yangi bazalarini oʻrnatish, mavjudlarini esa tiklash va taʼmirlash, ularga borish yoʻllarini qurish, tabiiy shoʻr suv olinadigan quduqlar qazish, jixozlash va ularga xizmat koʻrsatish, muzgarchilikka qarshi materiallarni tayyorlash va saqlash, muzgarchilikka qarshi xossalarga ega boʻlgan qoplamaning yuqori qatlamini qurish va saqlash; muzlarga qarshi kurashish, muzga qarshi inshootlarni qurish, sunʼiy inshootlar yaqinida oʻzanlarni tozalash va mustaxkamlash, muzlarni yoʻqotish; koʻchkiga chora-tadbirlarni amalga oshirish, koʻchki qatlamlarini yigʼishtirib olish. Qishgi saqlash ishlari asosiy mohiyati qor va muzga qarshi kurashdan iborat. Asosan qishda yoʻlni qor bosishi koʻp kuzatiladi. Bu xolat qor yogʼishi natijasida, qor buron natijasida, qor kuchishi natijasida, qor siljishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Yoʻl ustki yuzasini muzlashi yuzaga keladigan yaxmalak evaziga, qor qatlamini salbiy haroratda muzlashi evaziga, yoʻl qoplamasi ustki yuzasida suv qatlami yoki qoplama hul boʻlganda havo xarorati nol gradusdan past boʻlganda suvning muzlashi evaziga boʻlishi mumkin. Qish davrida yogʼingarchiliklar boʻlmaganda ham muz qatlami yuzaga keladi, bu nisbiy havo nisbiy namligi bilan bogʼliq. Agar havo nisbiy namligi 85% dan yuqori boʻlsa va shu onda havo harorati noldan past boʻlsa, u holda qoplama ustki yuzasida erkin suv qatlami yuzaga keladi va bu suv muzlaydi. Natijada yaxmalak yuzaga keladi.
vazifasi va ularga talablar Kishki mavsumda avtomobil yo‘llarini Caqlash ishlari yo‘lchilarga katta mas’uliyat yuklaydi. Umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida sirpanchiklikni bartaraf etish va kordan tozalash uchun bir kancha unlab maxsus texnikalar, shu bilan birga minglab tonna kum-to‘z aralashmasi va unlab tonna to‘z ishlatiladi. Kishki Caqlash ishlarining asosiy maksadi korni o‘z vaktida tozalash yo‘li bilan, transport vositalarining bir maromdagi tezlik bilan o‘zluksiz xarakatini ta’minlash, yo‘l va yo‘l inshootlarini Caqlashni ta’minlovchi sharoitlarni yaratish. Kishki karov ishlariga kuyidagilar kiradi: -yo‘lni kor katlamidan Caqlash va uni kordan tozalash; -kor kuchkilari va mo‘z katlamlaridan ximoyalash; -kishki sirpanchiklik va mo‘zlashning oldini olish; -galereyalar, kuchkini yoruvchi, kaytaruvchi va kuchkini yunaltiruvchi tusiklar kurish; -tog yon bagrida kor surilishi va siljishining oldini oluvchi turli kurilmalar yordamida korni ushlab kolish; -bir yoki bir necha kator kordan ximoyalovchi ixota daraxtlari ekish. Bu tadbirlarni amalga oshirishda kuyidagi kursatkichlarni inobatga olish lozim: -kor va mo‘zdan tozalanadigan yo‘lning kengligi; -yo‘l yuzasidagi yumshok korning kalinligi; -kor yogishi yoki kor buroni boshlanishidan oldin kor tozalash mashinalarining utish oraligi; -katnov kismi va yo‘l chekkasida zichlangan korning kalinligi; -yo‘lni kordan tozalash muddati. Kishki Caqlash ishlarini tashkil kilish ishchi kuchi, energiya va mashina resurslari, pul resurslariga bog‘liq bulib, o‘z navbatida bir kancha omilllar ta’sir kiladi. Bular tabiiy-iklim, loyixa-kurilish va ekspluatatsiya omillaridir . Bu omillar: kor kalinligi, shamolning tezligi, kor yogish kunlari soni, xavo xarorati, dengiz satxidan balandligi va boshka axborotlar asosida kishki sirpanchiklik kunlari sonini statistik usullardan foydalangan xolda aniklash mumkin. Bu esa, kishki mavsumda sirpanchiklikni bartaraf etish uchun ishlatiladigan me’yoriy to‘z va kum mikdorini aniklash imkoniyatini beradi. Respublikadagi togli joylarda umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarining o‘zunligi 700 km dan ortik bulib, ular dengiz satxidan 1000-2500 m balandlikda bulgan “Kamchik”, “Taxtakorachi”, “Boysun”, “Chak-Chak”, “Dexkonobod” va xokozo dovonlardan iborat . A-373 “Toshkent-Ush” avtomobil yo‘lining “Samchis” dovonidan utgan sismini umumiy kurinishi Bu dovon yo‘llar kishki karov ishlarining davomiyligi, xavo xaroratining pastligi, katta mikdordagi yogingarchiliklar kuzatilishi bilan xarakterlanadi. Eng ilik iyul oyining urtacha xarorati +18,6 0S va absalyut minumum yanvarda -400S dan iborat bulib, sovuk kunlar sentabrdan may oyigacha 6-7 oy davomida ya’ni 255 kunni tashkil etadi. Korning yogish sanasi urtacha 16 oktabrga to‘g‘ri kelib, kor kuchish sanasi esa 30 aprellargacha kuzatiladi.
1.Yo’l qoplamasini bahor, yoz va kuzda saqlash texnologik jarayonlari hisobi. Qoplamani 2 kilometr yuzasini chang va loylardan tozaladim. Buning uchun mashinasi KO-318 (kamaz) kerak bo‘ladi. Uning ish unumdorligi quyidagicha topiladi.
=[1000*(2.3-0.2)*15*7.4*0.75*0.75]/(2*3/50+7.4+0.005)=17424.4 m2/soat
b -2.3 tozalash eni; m
a- 0.20 keyingi o‘tishda izni egallash eni; m
Vp – 15 ishchi tezlik; km/soat
L – 3 tozalash masofasi; km
V - 50 transport tezligi; km/soat
tn-bunker to‘lish vaqti; KB=0.75 KT=0.75
=7/30*10-6*(2.3-0.2)*1000*15=7.4 soat
Q – 7.0 bunker sig‘imi; m3
y –30 ifloslanganlik; (10-60 g/m2)
tr –0.005 keyingi izga o‘tishga ketgan vaqt; 0.005 s
Bir smenadagi ish unumdorligi Ppum/sm=17424.4*8=139395.2 m2/smena
Do'stlaringiz bilan baham: |