Avtomatik lokomotiv signalizatsiya - signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida (автоматическая локомотивная сигнализация как самостоятельное средство сигнализации и связи (АЛСО)). Poezdlarning peregondagi harakati lokomotiv svetoforlari signallari orqali amalga oshiriladigan tizim, blok-postlarning belgilangan chegaralari ajratilgan punktlar hisoblanadi.
Blok-uchastka (блок-участок). Avtoblokirovka yoki signalizatsiya va aloqaning mustaqil vositasi sifatida qo’llanadigan avtomatik lokomotiv signalizatsiyada o’tish svetoforlari (blok-uchastka chegaralari) yoki o’tish svetofori (blok-uchastka chegarasi) va stansiya bilan chegaralangan stansiyalararo peregonning bir qismi.
Yon yo’l (боковой путь). Harakat tarkibi bu yo’ldan harakatlanayotganida o’tkazuvchi strelka bo’yicha chetga chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |