3-bob
YO’L XO’JALIGI INSHOOT VA QURILMALARI
17. Temir yo’lning barcha elementlari (tuproq ko’tarma, yuqori tuzilmalar va sun’iy inshootlar) mustahkamligi, barqarorligi va holati bo’yicha ushbu uchastkada poezdlarning belgilangan tezlikda xavfsiz va tekis harakatlanishini ta’minlashi kerak.
18. Yo’l distansiyasi, yo’l mashina stansiyalari va yo’l xo’jaligining boshqa korxonalarining joylashishi va jihozlanishi, temir yo’llarni, inshoot va qurilmalarni poezdlar harakatining amalda o’rnatilgan hajmini, belgilangan tezliklarda amalga oshirish uchun, zarur bo’lgan asrash va ta’mirlash ishlarini bajarilishini ta’minlashi kerak.
19. Inshoot va qurilmalar konstruksiyasi, ularni asrash va foydalanish bo’yicha ushbu Qoidalarda ko’rsatilmagan talablari, DATK tizimidagi tegishli bo’linmalari tomonidan o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |