1-bob
TEMIR YO’L TRANSPORTI XODIMLARINING
UMUMIY VAZIFALARI
1. Harakat havfsizligi va tashilayotgan yuklarning butligini ta’minlagan holda yo’lovchi va yuk tashishlariga bo’lgan ehtiyojlarni qondirish, texnik vositalardan samarali foydalanish, atrof muhitni asrash talablariga amal qilish temir yo’l transoporti xodimlarining asosiy vazifalari hisoblanadi.
2. Poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan har bir xodim o’z vazifalari doirasida Texnikaviy foydalanish qoidalarining bajarilishi va harakat xavfsizligi uchun javob beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |