O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet118/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
PTE uz

VI bob. Tezyurar yo’lovchi poezdlari qatnaydigan uchastkalarda 

harakatni tashkil etish. Tezyurar yo’lovchi poezdlarini 

stansiyalar va peregonlar orqali o’tkazish tartibi 

 

120. Jo’nash va yetib kelish punktlarida, shuningdek oraliq to’xtash punktlarida tezyurar 

yo’lovchi  poezdlarini  qabul  qilish  va  jo’natish  stansiya  TBA  (texnikaviy-boshqaruv  akti)da 

ko’rsatilgan ixtisoslashtirilgan yo’llarda amalga oshiriladi.    

121.  Stansiyalar  orqali  tezyurar  yo’lovchi  poezdlarini  o’tkazishda  manyovr  ishlari  va 

yo’llardagi  olib  qo’yiladigan  birliklarning  boshqa  har  qanday  harakatlari  tezyurar  yo’lovchi 

poezdining  qo’shni  stansiyadan  chiqish  vaqtiga  to’xtalishi,  manyovrlar  rahbari  esa  manyovrlar 

amalga  oshirilgan  yo’lda  qoldirilgan  vagonlar  ketib  qolishdan  stansiya  TBA  da  belgilangan 

normalarga  muvofiq  mahkamlanganligiga  ishonch  hosil  qilishi  va  stansiya  navbatchisiga  bu 

xaqida xabar berishi kerak.      

122.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlarini  o’tkazish  uchun  marshrutlarni  tayyorlash  bilan 

bog’liq barcha operatsiyalar poezd o’tishidan kamida 10 daqiqa oldin oxiriga yetkazilishi kerak.  

Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  ichkaridan  o’tkazish  marshrutiga  kiruvchi  strelkalarni 

yangi  marshrutlarni  o’rnatish  uchun  o’tkazish  faqat  poezd  stansiyadan  o’tib  ketgandan  keyin 

amalga oshirilishi kerak.       

123.  Majburiyatlariga  poezdlarni  kutib  olish  va  kuzatish  vazifasi  kiritilgan  stansiya 

navbatchilari,  signalchilar  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  korxonalarining  boshqa 

xodimlari  tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  o’tishidan  kamida  5  daqiqa  oldin  kutib  olish  uchun 

belgilangan joylarda turishlari va bunda ushbu poezd harakatlanuvchi  yo’lning chekka relsiga 5 

m dan kam masofaga yaqinlashishi kerak emas.  

124.  Tushirilgan  yoki  ortish  uchun  tayyorlab  qo’yilgan  bagaj  va  pochta,  pochta-bagaj 

aravachalari,  shuningdek  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tkaziladigan  yo’l  yoqasidagi  yo’lovchi 

platformalarida  joylashgan  boshqa  yuklar  va  buyumlar,  ushbu  poezd  o’tkazilishidan  oldin 

mazkur  yo’l  platformasi  chekkasidan  kamida  2  m  masofada  joylashtirilishi,  aravachalar  esa, 

bundan tashqari mahkamlangan bo’lishi kerak.           

125.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  kamida  20  daqiqa  oldin  barcha  olib 

qo’yiladigan  birliklar  (ta'mir  minoralari,  yo’l  vagonchalari,  olib  qo’yiladigan  defektoskop 



90 

 

aravachalari)  ushbu  poezd  harakatlanish  marshrutiga  kiruvchi  yo’llardan,  shuningdek  mazkur 



marshrutga chiqishga ega bo’lgan yo’llardan olib qo’yilishi va mahkamlanishi kerak.  

Agar tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishiga 1 soatdan kamroq vaqt qolsa, olib qo’yiladigan 

birliklarning,  shuningdek  olib  qo’yilmaydigan  motor-rels  transportining  peregonga  yo’lga 

chiqishi taqiqlanadi.     

126.  Stansiya  va  to’xtash  punktlari  yo’lovchi  platformalarida,  chipta  kassalari  yonida, 

yo’ldan  o’tish  joylarida,  temir  yo’l  kesishmalarida  odamlarni  tezyurar  yo’lovchi  poezdi  o’tish 

vaqti  xaqida  e'lonlar  hamda  ularni  o’tishida  alohida  ehtiyotkorlik  xaqida  ogohlantirishlar  osib 

qo’yilishi  kerak.  Bunda  navbatchi  xodimlar,  shuningdek  poezdlarni  platformalarda  kutayotgan 

yo’lovchilar, platforma chekkasidan xavfsiz masofaga uzoqlashishlari kerak (kamida 2 m).    

127. Stansiyalar, vokzallar bo’yicha navbatchilar tezyurar yo’lovchi poezdi yaqinlashishi 

va  odamlarning  xavfli  xududda  bo’lishlarining  taqiqlanishi  xaqida  oldindan  xabardor  qiladilar. 

Xabardor  qilish  yo’lovchilarga  ma'lumot  yetkazish  aloqasi  orqali  tezyurar  yo’lovchi  poezdi 

o’tishidan  kamida  15  daqiqa  oldin  xabarni  5  daqiqalik  intervalda  uch  marta  takrorlab  amalga 

oshiriladi.  Stansiyada  yo’lovchilarga  ma'lumot  yetkazish  aloqasi  yo’qligida  yoki  nosozligida 

yo’lovchilarni tezyurar yo’lovchi poezdi o’tishi xaqida xabarlash megafonlar yordamida amalga 

oshirilishi kerak.     

128.  Stansiyada  turgan  yo’lovchi  poezdlarining  kuzatuvchilari  qo’shni  yo’ldan  tezyurar 

yo’lovchi  poezdi  o’tishidan  oldin  bu  tomondan  vagon  eshiklarini  berkitishi  va  yo’lovchilarni 

bunday poezd o’tishi xaqida ogohlantirishlari shart.    

129.  Ikki  yo’lli  peregonlarda  tezyurar  yo’lovchi  poezdlarining  yuk  poezdlari  va  boshqa 

harakat  tarkibi  bilan,  yo’lovchi  va  shaharlararo  poezdlardan  tashqari,  kesishishiga  ruxsat 

etilmaydi.    

130.  Stansiya  orqali  ichkaridan  o’tkazishda  tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  asosiy  yo’llar 

bo’yicha  harakatlanishi  kerak.  Istisno  holatlarda  bunday  poezdni  stansiyaning  yonbosh  qabul 

qilish-jo’natish yo’lidan, shuningdek peregonning noto’g’ri yo’lidan o’tkazilishiga, "O’zbekiston 

temir  yo’llari"  Yagona  dispetcherlik  markazi  boshlig’i  yoki  uning  o’rinbosari  ruxsat  berishi 

mumkin.      

131.  Noto’g’ri  yo’ldan  harakatlanishda  poezd  tezligi  120  km/soat  dan,  noto’g’ri  yo’l 

marshruti  bo’yicha  joylashgan  kesishmalardan  o’tishda  esa,  agar  ular  avtomat  signalizatsiyasi 

qurilmalari  va  to’sish  jihozlari  bilan  faqat  to’g’ri  yo’l  bo’yicha  jihozlangan  bo’lsa,  40  km/soat 

dan  oshmasligi  kerak.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  noto’g’ri  yo’l  bo’yicha  yoki  jadvaldan 

og’ish bilan jo’nashi to’g’risida kesishma navbatchilari telefon orqali xabardor qilinishlari kerak.  

Asosiy  va  ular  bilan  qo’shni  yo’llar  o’qlari  orasidagi  masofalar  6850  mm  dan  kichik 

bo’lgan stansiyalar orqali tezyurar  yo’lovchi poezdlarining o’tkazilish tartibi stansiyalar texnik-

doshqaruv aktlari bilan belgilanadi.                 

132. Stansiyaning yonbosh qabul qilish-jo’natish yo’lidan tezyurar yo’lovchi poezdining 

majburiy  o’tkazilish  zaruratida  poezd  dispetcheri  oldindan,  hali  poezd  avvalgi  stansiyadan 

o’tmasidan oldin, poezd lokomotivi mashinistini uni yonbosh yo’l orqali kelgusidagi o’tkazilishi 

xaqida  radio  aloqa  orqali  xabarlashi  kerak  hamda  uning  xabari  mashinist  tomonidan  qabul 

qilinganligiga ishonch hosil qilgach, poezdning keyingi harakatiga ruxsat beradi.         

133.  Tezyurar  yo’lovchi  poezd  lokomotivi  mashinistini  uni  yonbosh  qabul  qilish-

jo’natish yo’li orqali kelgusidagi o’tkazilishi xaqida radio aloqa orqali xabarlash imkoni mavjud 

bo’lmagan holatda poezd dispetcheri ko’rsatmasiga binoan poezd avvalgi stansiyada to’xtatiladi. 

To’xtashdan  keyin  radio  aloqa  orqali,  agar  u  ishlamasa  -  stansiya  xodimi  orqali  lokomotiv 

mashinistiga  uni  qo’shni  stansiyada  yonbosh  yo’l  orqali  o’tkazilishi  xaqida  xabar  yetkazilishi 

kerak.  Xuddi  shunday  tartibda  (poezdning  stansiyada  to’xtashidan  keyin)  barcha  tezyurar 

yo’lovchi 

poezdlarining 

lokomotivlari 

mashinistlariga 

kutilmasdan 

yuzaga 


kelgan 

ogohlantirishlar xaqida xabarlar  yetkaziladi. Tezyurar  yo’lovchi poezdini yonbosh qabul qilish-

jo’natish  yo’lidan  o’tkazish  zarurati,  u  hali  stansiyaga  tutashuvchi  peregondaligida  yuzaga 

kelganda, poezd taqiqlash kirish signali oldida to’xtatilishi, u ochilgandan keyingina stansiyaga 

qabul qilinishi kerak. 



91 

 

134.  Jadvalda  nazarda  tutilmagan  stansiyada  tezyurar  yo’lovchi  poezdining  to’xtashi 



zarurati yuzaga kelishida, poezd dispetcheri yoki to’xtash mo’ljallanayotgan stansiya navbatchisi 

bu xaqida mashinistni poezd radio aloqasi orqali ogohlantirishi kerak.                

135.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  jadvaldan  og’ishlarida  uni  o’tkazishga  faqat  ushbu 

poezd  uchun  poezd  harakatlari  grafigida  o’rnatilgandan  kamaytirilmagan  poezdlar  aro 

intervallari bilan ruxsat etiladi.   

136.  Lokomotiv  ALS  qurilmalari  ishdan  chiqishi  holatlarida  mashinist  bu  xaqida  radio 

aloqa orqali stansiya navbatchisi, poezd dispetcherini xabarlaydi va poezd dispetcheri buyrig’ini 

olgach,  ALS  qurilmalari  ishi  tiklangunga  qadar,  120  km/soat  dan  oshmagan  tezlikda,  yo’l 

svetoforlari  ko’rsatishlariga  va  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’llarida  poezdlar  harakati  va 

manyovr ishlari bo’yicha yo’riqnomada nazarda tutilgan talablarga amal qilib harakatlanadi.         

137. Radio aloqa nosozligida mashinist eng  yaqin bo’luvchi punktda poezdni to’xtatishi 

va bu xaqida stansiya navbatchisi orqali poezd dispetcheriga xabar berishi shart. Bunda, tezyurar 

yo’lovchi  poezdining  keyingi  harakatlanishi  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  belgilagan 

tartibda amalga oshirilishi kerak.     

138.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdining  peregondagi  majburiy  to’xtashida  lokomotiv  va 

poezd brigadalari "O’zbekiston temir yo’llari" DATK belgilagan tartibda harakat qiladilar.    

139.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  lokomotivlarining  oldingi  kabinalarida  yurishga, 

lokomotivlarda yurish xuquqiga ega shaxslardan ko’pi bilan 2 kishiga ruxsat etiladi (mashinist-

yo’riqchisini hisobga olib).    

140.  Mazkur  TFQ  ga  Qo’shimchalar  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  bilan 

kelishilgan.   

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish