O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet115/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119
Bog'liq
PTE uz

§2.  Vagonlar 

 

90.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlarining  tarkiblari  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK 



tomonidan belgilangan talablarga muvofiq yaxlit metall yo’lovchi vagonlaridan tuziladi.  


86 

 

91. 141-200 km/soat tezlik harakatlari uchun, Vagon g’ildirak juftlarini ko’rigi, tekshirib 



chiqilishi  va  tuzilishi  bo’yicha  yo’riqnoma  talablarini  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK 

tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondiruvchi g’ildirak juftlaridan foydalanish kerak.      

92.  141-200  km/soat  tezliklar  uchun  tormoz  jihozlari  Hamdo’stlik  davlatlari-

qatnashchilari,  Latviya,  Litva,  Estoniya  temir  yo’llari  harakat  tarkibining  tormozlardan 

foydalanish  bo’yicha  qoidalar  talablariga  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK  tomonidan 

belgilangan qo’shimcha talablarga muvofiq bo’lishi kerak.  

93. 141-200 km/soat tezliklar uchun harakat tarkibining avtoulash qurilmasi Hamdo’stlik 

davlatlari-qatnashchilari,  Latviya,  Litva,  Estoniya  temir  yo’llari  harakat  tarkibining  avtoulash 

qurilmasi  ta'miri va xizmat  ko’rsatilishi  bo’yicha Yo’riqnoma talablarini va "O’zbekiston temir 

yo’llari" DATK tomonidan belgilangan qo’shimcha talablarni qondirishi kerak.  

94.  Tebranishlarning  gidravlik  so’ndirgichlari  90  mm  porshen  yurishi  bilan 

konstruksiyaviy ikki tomonlama ta'sirli bo’lishi kerak.  

Tebranishlarni  pasaytirish  koeffisienti  O’zbekiston  Respublikasi  temir  yo’l  transporti 

xavfsizligi me'yorlarini qondiruvchi boshqa gidro so’ndirgichlarni qo’llashga yo’l qo’yiladi.     

95.  Vagonlarning  deraza  oynalari  konstruktorlik  hujjatlari  talablariga  va  belgilangan 

talablarga muvofiq bo’lishi kerak; oyna qalinligi - kamida 5+0,5 mm.   

96. Ventilyatsiya tizimi tomonidan beriluvchi havoning tozalanishi inersiyaviy o’z-o’zini 

tozalash  filtrlarini  (birinchi  bosqich)  va  seriyali  ishlab  chiqariluvchi  oddiy  vagonlarda 

qo’llaniluvchi  moyli  kontakt  filtrlarini  qo’llab  (ikkinchi  bosqich)  ikki  bosqichli  bo’lishi  kerak. 

Bunda  moyli  filtrlarni  regenaratsiya  qilish  (tiklash)  oyiga  bir  marta  amalga  oshirilishi  kerak. 

Agar  o’z-o’zini  tozalash  inersiyaviy  filtrlari  o’rnatilmagan  holat  bo’lsa,  moyli  filtrlar 

regenaratsiyasini har bir reysdan keyin amalga oshirish talab etiladi.         

97.  Sovuq  havo,  qor  va  chang  esib  kirishini  bartaraf  etish  uchun  yo’lovchi  salonlar  va 

tezyurar yo’lovchi poezdlari vagonlarining tamburlari germetikligini oshirishni  ta'minlash kerak.    

98.  Tezyurar  poezd  tarkiblariga  texnik  xizmat  ko’rsatish  tartibi  va  rejaviy  ta'mir 

turlarining texnologik jarayoni, ularning davriyligi, tezyurar  harakatning harakat tarkibi alohida 

uzellari va detallariga talablar "O’zbekiston temir yo’llari" DATK tomonidan belgilanadi.     

99.  Vagonlarning  tormoz  jihozlari  texnik  xizmati  Vagonlarning  tormoz  jihozlarini 

ta'mirlash  bo’yicha  yo’riqnoma,  Hamdo’stlik  davlatlari-qatnashchilari  temir  yo’llari  harakat 

tarkibining  tormozlardan  foydalanish  bo’yicha  qoidalar  talablariga  va  quyidagi  qo’shimcha 

talablarga muvofiq amalga oshirilishi kerak:  

tuzish  va  aylanish  punktlarida  elektr  pnevmatik  tormozni  sinab  ko’rishda  uni 

tormozlangan vaziyatda to’sish holatida 5 daqiqa mobaynida tekshirish;  

diskli  tormozlarning  texnik  xizmati  va  ta'mirini  ishlab  chiqaruvchi  zavod  texnik 

hujjatlariga muvofiq amalga oshirish;     

kolodkali  tormozlarga  xizmat  ko’rsatish  va  ta'mirlashda  faqat  issiq  o’tkazuvchi 

materialdan ishlangan kompozision kolodkalarni qo’llashga ruxsat etiladi;  

kolodkalarni  qo’yish  va  almashtirishda  tormoz  boshmoqlari  va  fiksatorlari  holatiga 

alohida e'tibor qaratish. Tormoz richagli uzatmaning sharnirli birikmalari belgilangan markadagi 

o’q moyi bilan moylanadi;  

141-160  km/soat  harakat  tezliklari  uchun  kolodka  tormozli  KVZ-SNII  va  KVZ-SNII-M 

tipidagi aravachali vagonlarning depo va tub ta'mirlarida vagon aravachalari richag uzatmasining 

valik va vtulkalarini  yangilariga, ularning  holatidan  qat'i  nazar,  yalpisiga almashtirishni  amalga 

oshirish;     

141-160  km/soat  harakat  tezliklari  uchun  kolodka  tormozli  KVZ-SNII  va  KVZ-SNII-M 

tipidagi  aravachalardagi  yo’lovchi vagonlarining  tormoz jihozlariga texnik xizmat ko’rsatishda, 

foydalanishda,  ta'mirlashda  va  sinashda  stend  magistral  rezervuari  va  vagon  magistralida 

zaryadlash  bosimi  ko’rsatkichi  0,55  -  0,56  MPa  (5,5-5,6  kgf/sm

2

)  bo’lishi  kerak,  to’liq  xizmat 



tormozlanishida  tormoz  silindridagi  bosim  ko’rsatkichi  0,44-0,46  MPa  (4,4  -  4,6  kgf/sm

2

)ni 



tashkil qilishi mumkin;    


87 

 

tuzish  va  aylanish  punktlarida,  shuningdek  depo  va  tub  ta'mirlarda  kolodka  tormozli 



KVZ-SNII  va  KVZ-SNII-M  tipidagi  aravachalardagi  vagonlarning  tormoz  silindrlaridan 

shtokning  chiqishini  to’liq  xizmat  tormozlanishida  tormoz  richag  uzatmasining  avtoregulyatori 

qobig’iga uzatma tirgagini zichlab o’rnatib, 130-140 mm ko’rsatkichda rostlash.          

Qish davrida tormoz richag uzatmasi harakatchan birikmalarining muz bilan qoplanishida 

va kolodkalarda muzning mavjudligida poezdning jo’nashiga yo’l qo’yilmaydi.  

160-200  km/soat  tezlik  bilan  tezyurar  harakat  uchun  yo’lovchi  vagonlarining  tormoz 

jihozlariga  texnik  xizmat  ko’rsatish,  foydalanish,  ta'mirlash  va  sinashiga  talablar  ishlab 

chiqaruvchi zavodning normativ-texnik hujjatlari bilan belgilanadi.      

100. Tezyurar poezdlardagi vagonlarga xizmat ko’rsatish tegishli malaka va kamida ikki 

yil  ish  stajiga  (poezd  boshlig’i  -  kamida  uch  yil)  va  "O’zbekiston  temir  yo’llari"  DATK 

tomonidan  o’rnatilgan  tartibda  imtihon  topshirib,  tezyurar  poezdlar  vagonlariga  xizmat 

ko’rsatish  xuquqini  beruvchi  tegishli  guvohnomaga  ega  xodimlardan  tashkil  topgan  poezd 

brigadasi,  vagon-restoranlar  va  vagon-dizel-elektrstansiyasi  brigadalari  tomonidan  amalga 

oshiriladi.     

101. SKNB ishga tushishida  yoki  harakat xavfsizligiga xavf soluvchi vagonning boshqa 

nosozligi  aniqlanganda,  poezd  brigadasi  yoki  vagon-restoran,  vagon-dizel-elektrstansiyasi 

brigadasi  xodimi  zudlik  bilan  shaxsan  yoki  poezd  ichki  telefon  aloqasi  orqali  bu  xaqida  poezd 

boshlig’i  va  lokomotiv  mashinistiga,  poezdni  zudlik  bilan  to’xtatish  kerakligi  to’g’risida  xabar 

berishi  kerak.  Agar  bunday  xabarni  lokomotiv  mashinistiga  yetkazish  imkoniyati  mavjud 

bo’lmasa  (poezd  ichki  telefon  aloqasi  yoki  radio  aloqa  nosoz),  ko’rsatib  o’tilgan  xodimlar 

tomonidan poezd stop-kran bilan to’xtatilishi mumkin.  

Tezyurar  yo’lovchi  poezdlarining  vagonlari  lokomotiv  mashinistini  bog’laydigan  poezd 

ichki radio aloqasi bilan jihozlanishi kerak.    

102. Yong’in  ro’y berishi  holatida poezd zudlik bilan to’xtatiladi  va "O’zbekiston temir 

yo’llari" DATK tomonidan o’rnatilgan tartibda yong’inni o’chirish choralari ko’riladi.    

103.  Mazkur  paragrafda  ko’rsatib  o’tilgan  talablar  barcha  yangi  yo’lovchi  vagonlarni 

qurishda va rejaviy ta'mir turlarini amalga oshirishda bajarilishi kerak.   

104.  Tezyurar  yo’lovchi  poezdlari  (161-200  km/soat)  uchun  yo’lovchi  vagonlarning 

texnik  xizmat  ko’rsatish  va  ta'mirlash  tizimi,  ishlab  chiqaruvchi  zavodning  texnik  hujjatlariga 

muvofiqlashtirilishi kerak.     

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish