Yo’lovchi vagonlari
(вагоны пассажирские). Yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan
vagonlar. Ularga shuningdek, pochta, bagaj, vagon-restoranlar, xizmat-texnik (xizmat vagonlari,
klublar, sanitar, sinov, o’lchov, laboratoriyalar va boshqa yo’lovchi turidagi maxsus) vagonlar
kiradi.
Havo oralig’i (izolyatsiyalangan tutashish)
(воздушный промежуток (изолирующее
сопряжение)). Kontakt tarmog’i qo’shni uchastkalarining elektr izolyatsiyasi (tok bo’linma)
bilan tutashishi. Izolyatsiyalovchi tutashish shunday bajariladiki, elektr harakat tarkibi pantografi
undan o’tayotganda, tutashuvchi uchastkalar elektrli ulanadi.
Yordamchi post
(вспомогательный пост). Yo’l rivojlanishiga ega bo’lmagan va faqat
shahobcha yo’lining birikish punktiga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan peregondagi post.
Do'stlaringiz bilan baham: |