O'zbekiston respublikasi temir yo'llarda yuk va yo'lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi


Temir yo’llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari



Download 0,79 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/119
Sana02.01.2022
Hajmi0,79 Mb.
#311727
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119
Bog'liq
PTE uz

Temir yo’llarning kesishuvlari, pereezdlari va tutashmalari 

 

37.

 Temir yo’llarning boshqa temir yo’llari bilan, tramvay, trolleybus, avtomobil yo’llari 

va shahar ko’chalari bilan kesishuvlari DATK tegishli yo’riqnomasi talablariga muvofiq amalga 

oshirilishi lozim. 

Amaldagi  pereezdlarda  tramvay  va  trolleybus  harakati  ochilishiga  yo’l  qo’yilmaydi. 

Amaldagi  pereezdlarda  avtobuslar  harakati  ochilishining  har  bir  alohida  holatiga  DATK 

boshqaruvi raisi ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 

Temir yo’llarni avtomobil yo’llari bilan bir sathdagi kesishuv joylari DATK boshqaruvi 

raisi tomonidan, sun’iy inshootlar ostidan o’tish joylari esa DATK mintaqaviy temir  yo’l uzeli 

boshlig’i tomonidan o‘rnatiladi.  

(37 band uchinchi xatboshi "O'zdavtemiryo'lnazorat" DI boshlig'ining 2003 yil 27 yanvar 

1/6-7-02 son ko'rsatmasiga muvofiq o'zgartirildi). 

38.

  Transport  vositalari  va  o’ziyurar  mashinalarni,  shuningdek  chorva  mollarni 

belgilanmagan  joylarda  temir  yo’llardan  haydab  o’tish  taqiqlanadi.  Ushbu  talablar  bajarilishini 

kuzatish  yo’l  distansiyasi  xodimlariga,  stansiyalarda  esa  stansiya  xodimlari  zimmasiga 

yuklatiladi. 

39.

 Pereezdlar temir yo’l va avtomobil transporti harakatining jadalligiga bog’liq ravishda 

to’rt  toifaga  bo’linadi.  Pereezdlarning  toifasini  belgilash,  saqlanishini  ta’minlash  va  xizmat 

ko’rsatish tartibi DATK tegishli yo’riqnomasiga muvofiq belgilanadi. 

Barcha I va II toifadagi pereezdlar, shuningdek, bo’ylama elektr ta’minoti liniyalari bilan 

jihozlangan  uchastkalarda  yoki  yaqinida  boshqa  turdagi  uzluksiz  elektr  ta’minoti  manbalari 

mavjud bo’lgan III va IV toifadagi pereezdlar elektr yoritgichlar, zarur hollarda esa o’tayotgan 

poezdlarni ko’rikdan o’tkazish uchun projektor qurilmalari bilan jihozlanishi lozim. 

Pereezdlarning  uzluksiz  elektr  ta’minoti  va  tashqi  yoritilishi  vazifasi  elektr  ta’minoti 

distansiyasiga yuklatiladi. 



40.

 Pereezdlar boshqariladigan va boshqarilmaydigan turlarga bo’linadi. 

Transport 

vositalari 

haydovchilarini 

pereezdga 

yaqinlashganligi 

to’g’risida 

ogohlantiruvchi  pereezd  signalizatsiya  qurilmalari  bilan  jihozlangan  yoki  navbatchi  xodim 

tomonidan xizmat ko’rsatiladigan pereezdlar boshqariladigan turga kiradi. 

Pereezd  signalizatsiya  qurilmalari  bilan  jihozlanmagan  va  navbatchi  xodim  tomonidan 

xizmat ko’rsatilmaydigan pereezdlar boshqarilmaydigan turga kiradi. 

Navbatchi  xodim  tomonidan  xizmat  ko’rsatiladigan  pereezdlar  poezd  lokomotivlari  va 

maxsus  harakat  tarkibi  mashinistlari  bilan  radio  aloqaga,  eng  yaqin  stansiya  yoki  post  bilan, 




12 

 

dispetcherlik  markazlashuviga  ega  bo’lgan  uchatskalarda  esa  –  poezd  dispetcheri  bilan 



to’g’ridan-to’g’ri telefon aloqasiga ega bo’lishi kerak. 

Pereezd  signalizatsiya  qurilmalari,  avtomatik  shlagbaumlar,  telefon  va  radio  aloqaning 

soz  holatda  ishlashi  va  saqlanishi  signalizatsiya  va  aloqa  distansiyasi  tomonidan  amalga 

oshiriladi. 



41.

  Pereezdlar  belgilangan  tarzda  to’shama  hamda  ustunchalar  yoki  panjara  bilan 

chegaralangan,  o’tish  joylariga  ega  bo’lishi  shart.  Pereezdlarga  yaqinlashadigan  joylarda 

ogohlantirish  belgilari  bo’lishi  kerak:  poezdlar  keladigan  tomondan  –  hushtak  chalish  lozim 

ekanligini bildiruvchi «S» signal belgisi, avtomobil yo’li tomonidan esa yo’l harakati qoidalariga 

muvofiq  DATK  yo’riqnomasida  ko’zda  tutilgan  belgilar  bo’lishi  lozim.  Navbatchi  xodim 

tomonidan  xizmat  ko’rsatilmaydigan,  poezdlar  kelishi  tomonidan  ko’rinish  darajasi  qoniqarsiz 

bo’lgan  kesishmalar  oldida  qo’shimcha  «S»  signal  belgisi  o’rnatilishi  lozim.  «S»  signal 

belgilarini o’rnatish tartibi DATK yo’l xo’jaligi boshqarmasi boshlig’i tomonidan belgilanadi. 

42.

  Yuk ortilgan  yoki  yuksiz  yirik  o’lchamli  va og’irligi  katta transport vositalari, sekin 

yuradigan  mashinalar  va  avtopoezdlarning  pereezddan  o’tishi  har  bir  alohida  holda  faqat  yo’l 

distansiyasi  boshlig’ining  ruxsati  bilan  yo’l  ustasi  yoki  yo’l  brigadirining  kuzatuvi  ostida, 

elektrlashtirilgan  uchastkalarda  tashilayotgan  yukning  balandligi  4,5  metrdan  ortiq  bo’lgan 

paytda, shuningdek, elektr ta’minoti distansiyasi vakilining ishtirokida amalga oshiriladi. 



43.

  Kesishma  bo’yicha  navbatchi  xodim  pereezdda  poezdlar  va  transport  vositalarining 

xavfsiz  harakatini  ta’minlashi,  shlagbaumni  o’z  vaqtida  ochishi  va  yopishi  hamda  belgilangan 

signallarni  etkazishi,  o’tayotgan  poezdlarning  holatini  kuzatishi  lozim.  Harakat  xavfsizligiga 

xavf soluvchi  nosozlik aniqlangan hollarda poezdni  to’xtatish uchun chora ko’rishi, poezdning 

oxirini  belgilovchi  signal  bo’lmagan  hollarda  esa  bu  to’g’risida  stansiya  navbatchisiga, 

dispetcherlik  markazlashtirish  bilan  jihozlangan  uchastkalarda  esa  poezd  dispetcheriga  xabar 

qilishi kerak. 



44.

  Temir  yo’llarning  elektr  uzatish  va  aloqa  liniyalari,  neft  mahsulotlari  uzatiladigan 

quvurlar,  suv  quvurlari  va  boshqa  turdagi  er  usti  va  er  osti  qurilmalari  bilan  kesishuviga  faqat 

DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. Bunday kesishuvlarda poezdlar harakati 

xavfsizligi  va  uzluksizligini  ta’minlovchi  choralar  amalga  oshirilishi  yoki  maxsus 

muhofazalovchi  qurilmalar  ko’zda  tutilgan  bo’lishi  kerak.  Ushbu  qurilmalar  loyihasi  DATK 

boshqaruvi raisi bilan kelishilgan bo’lishi kerak. 

45.

  Yangi  qurilayotgan  liniyalar  va  shahobcha  yo’llar,  peregonlardagi  asosiy  yo’llarga, 

istisno hollarda, DATK boshqaruvi raisining ruxsati bilan tutashtirilishi mumkin. 

Ikkinchi  yo’lning  qurilishi,  inshoot  va  qurilmalarni  qayta  va  tub  ta’mirlash  ishlarini 

bajarish,  yangi  alohida  punktlarni  qurish  va  hakazolar  bilan  bog’liq  peregonlarda  strelkali 

o’tkazgichlarni  vaqtincha  o’rnatish  va  echib  olish,  har  bir  alohida  holatda  DATK  boshqaruvi 

raisi ruxsati bilan amalga oshiriladi. 

Alohida  punktni  konservatsiya  qilish  yoki  berkitishda,  peregondagi  tutashma  shahobcha 

yo’lini  saqlab  qolish  to’g’risidagi  qarorni,  DATK  boshqaruvi  raisi,  texnik  vositalarga  xizmat 

ko’rsatish va poezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash tartibini belgilash bilan qabul qiladi. 



46.

 Liniyalarning bir sathda kesishuvi, shuningdek liniyalar, shahobcha va tutashtiruvchi 

yo’llarning  peregon  va  stansiyalardagi  asosiy  yo’llarga  tutashmalari  muhofaza  berk  yo’llariga 

yoki muhofaza strelkalariga ega bo’lishi lozim. 

Harakat  tarkibi  o’z-o’zidan  stansiya  yoki  peregonga  chiqib  ketishini  oldini  olish  uchun 

shahobcha  va  tutashtiruvchi  yo’llarning  stansiyadagi  qabul  qilish-jo’natish  va  boshqa  yo’llarga 

tutashmalari  muhofaza  berk  yo’llarga,  muhofaza  strelkalari,  tutib  qoluvchi  boshmoqlar  yoki 

strelkalarga ega bo’lishi kerak. 

Muhofaza berk yo’llarining foydali uzunligi 50 metrdan kam bo’lmasligi kerak. 

Uzoqqa  cho’zilgan  qiyaliklar  mavjud  peregonlarda,  shuningdek,  bunday  peregonlarni 

chegarolovchi  stansiyalarda  zarur  hollarda  DATK  boshqaruvi  raisi  tasdiqlagan  loyihalar 

bo’yicha tutib qoluvchi berk yo’llar quriladi. 




13 

 

47.

  Ikki  yo’llik  liniyalar  peregonlarida  o’rnatiladigan  strelka  o’tkazgichlar  to’g’ri 

yo’nalishda harakatlananyotgan poezdlar uchun harakat yo’nalishi bo’ylab bo’lishi kerak. 

Istisno  hollarda  tutashma  yo’llarning  yondashuvi  qiyin  sharoitlarda  DATK  boshqaruvi 

raisi ruxsati bilan harakat yo’nalishiga teskari strelka o’tkazgichlar o’rnatilishi mumkin. 



48.

  Asosiy,  qabul  qilish-jo’natish  va  boshqa  stansiya  yo’llarining  hosil  bo’luvchi  uch 

yoki  to’rt  yo’llik  temir  yo’llar  qo’shilishlarining  joylashuviga  faqat  DATK  boshqaruvi  raisi 

ruxsati bilan yo’l qo’yiladi. 

 


Download 0,79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   119




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish