Axborot texnologiyalari — bu odamlarning bilimlarini rivojlantiradigan, ularning texnika va ijtimoiy jarayonlarni boshqarish bo’yicha imkoniyatlarini kengaytiradigan ma'lumotlarni tashkil etish, saqlash, ishlab chiqish, tiklash, uzatish usullari va texnik vositalaridir. Yana shuningdek, axborot texnologiyalari deganda, ma'lum bir maqsadga erishish uchun amalga oshiriladigan jarayonlar zanjiridan iborat yaratuvchi faoliyat tushuniladi.
Axborot texnologiyalari, birinchidan, axborotning sirkulatsiyasi va ishlov berish majmui, ikkinchidan, bu jarayonlarning tasviridir.
Zamonaviy axborot texnologiyalami o’quv jarayoniga tatbiq etilishi ta'limda yangicha o’quv metodlarini keng ravishda qo’llashga imkoniyat yaratib beradi. Maxsus ixtisoslashtirilgan auditoriyalar, chunonchi, kompyuter, televizor, videomagnitofon bilan ta'minlangan auditoriyalarda dars o’tish borgan sari ommalashib bormoqda. Hatto uni alohida videometod sifatida talqin etilmoqda. Avniqsa, o’quv jarayoniga kompyuterning kirib kelishi barcha didaktik funksiyalarni muvafaqqiyatli bajarish imkoniga ega videometodni keng qo’llash imkonini beradi. Buning natijasida uni kompleks didaktik texnologiya deb ham atalmoqda. U:
talabalarga o’rganayotgan mavzusi, jarayon,
faoliyat bo’yicha to’liq, ishonchli axborot berish;
o’quv jarayonida ko’rgazmalilikning rolini oshirish;
talaba, o’quvchilarni xohish, talab, ehtiyojlari, qiziqishlarini
qondirish;
*o’qituvchining talabalarning bilimini, ko’nikmalarini sinash bilan bog’liq texnik ishlardan ozod qilish, samarali aloqa o’rnatish;
* talabalarni o’zlashtirishi bo’yicha obyektiv hisobot,
to’la va uzluksiz uazoratni tashkil etish imkonini beradi.
Dars jarayonida axborot texnologiyadaridan foydalanishda asosiy o’rinda multimedia turadi. Multimedia komponentlaridan foydalanishni ta'minlovchi dasturiy vositalarni yaratilishi kompyuter texnologiyalarining muhim yutuqlaridan biri bo’ldi. Multimedianing vujudga kelishi amaliyotning talabi, nazariyaning rivojlanigi bilan yuz bergan bo’lsada, keyingi o’n yillikdagi keskin ravishda oldinga ketish eng avvalo texnikaning va tizimli vositalarning rivojlanishi bilan bog’liq. Bu shaxsiy EHMlarning rivojlanishi; xotira hajmini keskin ortishi; tezlik va grafik imkoniyatlarning nihoyatda kengayishi; videotexnika, lazer disk, CD-ROM kabilarda erishilgan yutuqlar hamda ularni keng ommaviy ravishda tatbiq etilishi natijasidir. Ayniqsa, ma'lumotlarni tez va samarali kichraytirish(qisish) metodlarini ishlab chiqish nihoyatda katta rol o’ynadi.
Zamonaviy multimedia-shaxsiy kompyuter to’la «qurollangan» holda displey-televizor bilan birlashtirilgan stereofonik Hi-Fi uy kompleksini eslatadi.
Multimedia tasvirdi ma'lumotlar bilan ishlashga qodir bo’lgan vosita hisoblanadi. U lotincha so’zdan olingan bo’lib, «ma'lumot tashuvchi vosita» degan ma'noni anglatadi.
Multimedia informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida audio, video, matn, grafika, animatsiya (obyektlarning fazodagi, ekrandagi harakati) jadvallari asosida o’quv materiallarini o’quvchi, talabalarga yetkazib berishning mujassamlashgan holdagi ko’rinishidir.
Multimedia rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasidir. Uning ajralib turuvchi belgilariga quyidagilar kiradi: Axborotning xilma-xil turlari: an'anaviy: matn, jadvallar, bezaklar, grafiklar, diagramma va boshqalar. Original turlar: nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya va boshqalarni bir dasturiy mahg’ulotda integratsiyalaydi. Bunday integratsiya turli qurilmalar yordamida amalga oshiriladi.
Multimedia vositalari yordamida ishlashning quyidagi afzalliklari bor:
berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq
o’zlashtirish imkoni yaratiladi;
ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa yanada
ortadi;
ta'lim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash
imkoni yaratiladi;
ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati yaratiladi.
olingan bilimlar nisbatan kishi xotirasida uzoq muddat
saqlanib, kerak bo’lganda amaliyotda qo’llash imkoniga erishiladi.
Shu bilan birga. uni qo’llashning ayrim muammolari ham mavjud. Chunonchi, ta'lim uchun zarur bo’lgan o’quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko’rsatmalarni kompyuter dasturlari tarzida ishlab chiqish;
Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari uchun multimedia elementlarini qo’llash.
Do'stlaringiz bilan baham: |